Get Mystery Box with random crypto!

​​#tavallud_ayyomingiz_muborak Bugun kanalimiz yaratuvch | She’riy lahzalar

​​#tavallud_ayyomingiz_muborak

Bugun kanalimiz yaratuvchisi, admini Nurmuhammad Abduzoirning tavallud topgan kuni.
Qalbi ezgulikka oshno, toza so‘zga shaydo Nurmuhammadga uzoq va sermazmun hayot, jamiki ezgu tilaklari ro‘yobini tilaymiz!

===============================

☆ ☆ ☆

senda gunoh yo‘qdir,
sen qorday poksan,
aldagan bo‘lsalar bo‘lsinlar battar.
odamlar o‘zi shu:
sal saxiyroqsan —
topgan bor budingni tortib yutarlar.

mening ham bo‘ynimda sanoqsiz gunoh,
aldab to‘ymaganman aldagan sari.
ularda ayb yo‘qdir, ular qorday pok,
o‘zimniki edi gunohlar bari.

bariga U hoqon, avval-u oxir,
qalbimizni olib nazoratiga,
seni bergan bo‘lsa, ajabmas, axir,
minglab gunohimning kaforatiga.


Nurmuhammad Abduzoir

@sheriylahzalar