Get Mystery Box with random crypto!

ПсихоСфера

Telegram kanalining logotibi shahisblog — ПсихоСфера П
Telegram kanalining logotibi shahisblog — ПсихоСфера
Kanal manzili: @shahisblog
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 641
Kanalning ta’rifi

Болалар психоаналитиги - Шаҳзода Саъдуллаева блоги.
Просветительский канал о психологии вне рамок
Обратная связь:

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-15 16:20:12
Botimga eng ko'p keladigan shaxsiy savollardan biri shu- diningiz nima; agnostikmisiz; mana bu postiz ateistlar gruppasiga repost bo'pti; turmushga chiqqanmisiz??? vhk...

Bir vaqtlar qaysidir mashhur blogerdan dinini so'ragandim. Juda sovuq javob olgandim. Va mana 2 yildan buyon qanchalik madaniyatsizlik, kaltafahmlik qilganimni tushunyapman.

Men bilan diniy mavzuda gaplashib turgan joyda bu savol berilsa o'rinli. Lekin tanimagan bilmagan kishidan dini/jinsiy orientatsiyasini yoki umuman seksual hayoti/turmushini/millatini/oyligini/yashash sharoitini so'rash o'tib ketgan tarbiyasizlik deb hisoblayman.

Diniy mavzuda post yozmasligimni sababi esa bir- yozolmasligim. Og'zimga kelganini valdirashdan, dezinformator bo'lishdan, o'zim xohlamagan holatda xato "fatvo" berishdan qo'rqaman.

Yuqoridagi mavzularda mutlaq tinch qo'yinglar meni, javob bermayman.

O'zingiz nima deb o'ylaysiz, bu savollarni begona kishiga yuzxotir qilmasdan berishimizga haqqimiz bormi?
3.3K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2021-01-15 13:10:12 Мой остроумный красавец а)

https://t.me/doctor_shizoid/453
1.7K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-01-14 20:00:21 Эта life - в кайф, когда ты сделал выбор сам.

@shahisblog
1.8K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-01-08 21:14:44 ​​Ba'zi insonlar tezda "o'zingniki"larga aylanishadi. O'z vaqtida qo'limizdan olishlari...O'z vaqtida jim bo'lib, yolg'iz qoldirishlari... "O'zingniki"lar senga qachon va nima kerakligini bilishadi. Eslatmalarsiz. To'qnashuvlarsiz. Janjallarsiz. Ortiqcha so'zlarsiz. "O'zingniki"lar hech qachon hech qayerga ketishmaydi va agar yo'qolib qolishgan taqdirda ham, albatta, ular yana qaytib kelishadi.

Senda "o'zingniki"lar bormi?

@shahisblog
2.4K views18:14
Ochish/sharhlash
2021-01-07 21:51:24 ​​Yo'llanma

•Suhbatdoshingning noo'rin reaksiyasida sen aybdor emassan.
U senga jahl qilayotgan bo'lsa, bu uning muammosi. O'zini qay darajagacha ochar ekan, qo'yib bergin. Ichki madaniyatingni saqlagin(albatta u bo'lsa)

•Qaysidir hayotiy tajribada no'noqlik qilganing uchun aybdor emassan.
Biz bilim/tajriba to'plami bilan tug'ilmaymiz, balki uni hayotimiz davomida yig'ib boramiz.

•Qaysidir yumushni bajara olmaganligingda aybdor emassan.
Bu ishni nega vaqtida o'rganib chiqmadim emas, nega vaqtida shu ishga nisbatan sog'lom xohish uyg'onmagan, savoliga javob va yechim topish bu o'rinda foydaliroq(tub aspektni o'rgan).

•Boshqalarning qilmishi va o'zini tutishida aybdor emassan.
Har kim o'z aql/farosati doirasida fikrlaydi, munosabat bildiradi. Sen birovning oqib kelayotgan hislariga javob bera olmagansan, ol-may-san ham!

@shahisblog
2.2K views18:51
Ochish/sharhlash
2021-01-06 18:55:37 ​​Ajralgan ayolga bo'lajak psixolog, jinsdosh sifatida aytadiganlarim... Ijtimoiy doirani o'zgartirishingiz haqida Nima uchun bu ayollarda ajrimga yaqin, undan oldin/keyin bo'lgan munosabatlarda taranglik, qandaydir uzilish, konflikt kuzatiladi? "Biz barcha…
2.0K views15:55
Ochish/sharhlash
2021-01-06 18:22:14 ​​Ajralgan ayolga bo'lajak psixolog, jinsdosh sifatida aytadiganlarim...

Ijtimoiy doirani o'zgartirishingiz haqida

Nima uchun bu ayollarda ajrimga yaqin, undan oldin/keyin bo'lgan munosabatlarda taranglik, qandaydir uzilish, konflikt kuzatiladi?
"Biz barcha zo'ravonlik dunyosini yer bilan bir qilamiz, keyin..." qo'shig'ini eslaysizmi? Ayol butunlay o'zgarishni xohlaydi: eri bilan xayrlashgandan so'ng, u o'zini hech qachon tushunmaganlar bilan aloqalarni tezda to'xtatishga intiladi. Hozirgi hayotini yaxshilash istagi shu qadar kuchli bo'ladiki, u ba'zi "do'stlik" munosabatlarini ham buzishga qaror qildi. Ammo bu haqiqiy yaqin kishilarga ta'sir qilmaydi. Ular, albatta, ayoldagi tabiiy depressiyani tushunishadi. Filtratsiyaga dosh berolmaydiganlar esa uzoq burchakka ketishadi. Natija: ozod bo'lgan ayol katta ehtimol bilan yangi ishonchli ijtimoiy doiraga ega bo'ladi.

Optimizmga sakrashingiz haqida

Yangi ajrashgan ayoldagi soxta kulgular, o'zini atrofga baxtli, to'kis, sobiq turmush o'rtog'isiz ham unda hammasi qoyilmaqomday ko'rsatish istagini noadekvat xohish deyish mumkin(aslida bunday bo'lmagan holatida!). Chunki namoyishkorona "baxtli"ligingizga qiziqqan er ajrimgacha bormasligini ham unutmang... Baxtli ko'rinish shu qadar muhimmi?!

Turmushingiz paytida juftingiz balki har doim, xuddi "qo'ltiq tayog'i" singari bo'lgandir. Mana endi siz "qo'ltiq tayoq"siz erkin hayotga ko'nikasiz. Ajralishingiz- o'zingizda balkim oldin bo'lmagan ishonchni paydo qilar?! Va siz asta-sekin ishlaringiz holati faqat o'zingizga va sodir bo'lgan narsaga bo'lgan munosabatingizga bog'liqligini anglay boshlaysiz.

Aytgancha, yana qanday "ajrashgan ayol"? Endi siz mustaqilsiz(самостоятельная)! Endi siz o'z-o'ziga yetarli ayolsiz(самодостаточная)!

@shahisblog
1.9K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2021-01-02 14:38:56
4.6K views11:38
Ochish/sharhlash