Get Mystery Box with random crypto!

​​Yo'llanma •Suhbatdoshingning noo'rin reaksiyasida sen aybdo | ПсихоСфера

​​Yo'llanma

•Suhbatdoshingning noo'rin reaksiyasida sen aybdor emassan.
U senga jahl qilayotgan bo'lsa, bu uning muammosi. O'zini qay darajagacha ochar ekan, qo'yib bergin. Ichki madaniyatingni saqlagin(albatta u bo'lsa)

•Qaysidir hayotiy tajribada no'noqlik qilganing uchun aybdor emassan.
Biz bilim/tajriba to'plami bilan tug'ilmaymiz, balki uni hayotimiz davomida yig'ib boramiz.

•Qaysidir yumushni bajara olmaganligingda aybdor emassan.
Bu ishni nega vaqtida o'rganib chiqmadim emas, nega vaqtida shu ishga nisbatan sog'lom xohish uyg'onmagan, savoliga javob va yechim topish bu o'rinda foydaliroq(tub aspektni o'rgan).

•Boshqalarning qilmishi va o'zini tutishida aybdor emassan.
Har kim o'z aql/farosati doirasida fikrlaydi, munosabat bildiradi. Sen birovning oqib kelayotgan hislariga javob bera olmagansan, ol-may-san ham!

@shahisblog