Get Mystery Box with random crypto!

Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙

Telegram kanalining logotibi sayyidina_muhammad — Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙
Kanaldagi mavzular:
Савол
Фото
Kanal manzili: @sayyidina_muhammad
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89.73K
Kanalning ta’rifi

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)
@RekIama_beriish

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 80

2023-03-19 18:57:14
Payģambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallam dedilar: Kim jannat boģiga daraxt ekishni hohlasa bu duoni aytsinlar dedi.

Batafsil videoda

@Saiddina_Muhammad
686 views15:57
Ochish/sharhlash
2023-03-19 13:20:50
Abu Hurayra rodiyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda,
Rosulullohﷺ shunday deydilar:

  Do'zax ahlidan ikki toifa odamlar borki, Men hali ularni ko'rmaganman. Bir qavm bo'lib, ularda sigirning dumlari kabi qamchilari bo'ladi. Ular o'sha qamchilar bilan odamlarni urishadi. Ikkinchi sinfi esa (badanini to'smaydigan darajada) kiyim kiygan, aslida esa yalang'och, erkaklarga moyil bo'lgan, (jamolini ko'z-ko'z qilish bilan) erkaklarni ham o'ziga moyil qiladigan ayollardir. Ularning boshlari (sochlariga o'ralgan yoxud qistirilgan narsalar sababidan) tuyaning egik o'rkachi kabi do'mpayib turadi. Bunday ayollar jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. Jannatning hidi falon-falon masofadan kelib turadi"

Imom Muslim rivoyati

Allohumma solli ala
@Sayyidina_Muhammad
2.4K views10:20
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:49:29
Payģambarimiz Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning birinchi turmush qurgan paytlari 25 yoshda uylanganlar
Batafsil videoda

Rahimberdi domla maruzasi

@Saiddina_Muhammad
2.7K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-03-19 04:30:10
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar

Kun kelar bariga qiladi afsus
Olamga dunyosin qilganlar ko‘z ko‘z
Allohim ulardan so‘rasa bir so‘z
Vujudin qoplaydi dardu alamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Ishq deya dunyoni qopladi zino
Ishq emas faxsh uzra qurilgan bino
Qiyomat kunidan kelar bir sado
Eshiting qalblari qotgan odamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Ixtiyor o‘zingda aql boshingda
Boshing sajda ko‘rdimi ayni yoshingda
Bir kun botar aniq chiqqan quyoshingda
Qiyomat kun chekarsiz jabru alamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Men ham oddiy quldirman Allohga asli
Kimgadur iymon bersa bu uning fazli
Gunohga qo‘l urmang bor aniq kasri
Haq yo‘lda yuringiz bosib qadamlar
Besh vaqt boshi sajdada turgan odamlar.

Allohumma solli ala
@Sayyidina_Muhammad
3.5K viewsedited  01:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 21:30:58 ~ Bomdod uchun budilnik
686 views18:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 20:02:33
- Kayfiyatim yo'q paytida shu kanalga kiraman Tavfsiya qilaman bu reklama emas...

@TINGLANG Tezroq ulanib oling
1.4K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-03-18 18:45:01 Rosululloh sollollohu alayhu vassallamdan G'azabni daf qiluvchi 4 sunnat Amal

1) Allohdan panoh so'rashlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; men bir kalima bilaman agar kishi g'azab vaqtida uni aytadigan bo'lsa undagi g'azab ketadi. U kalima ;"Au'zu billahi minashshaytonir rojiym "ya'ni "Quvilgan shaytonning (yomonligidan) faqat Allohdangina panoh so'rayman."

2) Tahorat olishlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Aniqki g'azab shaytondandir, shayton esa olovdan yaratilgan, olov esa suv bilan o'chiriladi, bas agar birortangiz g'azab qilsa tahorat olsin.

3) Holatni o'zgartirishlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Agar birortangiz g'azablanganda tik oyoqda turgan bo'lsa o'tirib olsin, agar unda ham ketmasa (ozgina) yonboshlab olsin.

4)Sukut saqlashlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Agar birortangiz g'azablansa qilsa sukut saqlasin.

Eslating! Estlatish mo'minlarga manfaat keltirur

@Sayyidina_Muhammad
2.5K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-18 15:30:48 #Эслатма

ОММА ИЧИДА ТАРҚАЛГАН БИЗ БИЛГАН ШИРК ГАПЛАР...

• Ё росулуллоҳ бизни кечиринг дейиш
• Ё алий
• Ё пирим
• Довуд пирим қўлласин
• Пирлар мададкор бўлсин
• Нон урсин
• Пичоқ урсин
• Қуръонни эскича дейиш
• Фолбинга борма фолбинсиз юрма
• Мен бўлмасам оч қолиб кетишади дейиш
• Мен ишлаганим учун яхши яшаяпсизлар
• Сен манга ўғил туғиб бермаябсан ёки бесабаб сен сабаблик бола кўрмаяпмиз дейиш.
• Инсон бу гапларни ширк эканлигини билиб туриб айтса диндан чиқади.

Шунинг учун хар бир гап ва амалларимизда ширкдан жуда эҳтиёт бўлайлик.

Аллоҳим барчамизни ширкдан омонда қилсин Амийн.

Allohumma solli ala @Sayyidina_Muhammad
3.8K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:00:29
Rosulullohﷺ shunday marhamat qiladiki:

5 vaqt namozini jamoat bilan oqigan kishiga 5 narsa beriladi

Allohumma solli ala @Sayyidina_Muhammad
3.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-03-18 04:40:09 Ro‘za tutish qoidalarini bilasizmi?
Bu haqda batafsil toxtalamiz

Muqaddas Ramazon oyi ham kirib kelgach. Bu oy o‘zi bilan tinchlik-omonlik, qut-baraka, fayz va go‘zallik olib keladi. Ramazon ro‘zasini tutishning ham bir qancha qoidalari borki, uni ado etish barobarida savob va yaxshilik olinsa, ikkinchidan Muqaddas oyning hurmati ham joyiga qo‘yiladi.


Saharlik

Ro‘za lug‘atda – “siyom” deb atalib, o‘zini bir narsadan tiyishni bildiradi. Shariat istilohida esa: “Tong otgandan to quyosh botgunicha niyat bilan ro‘zani buzuvchi narsalardan o‘zini tiyishdir”. Ya'ni, kishi saharlik vaqtidan to shom vaqtiga qadar yemay, ichmay, jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilmay turadi.



Subhi sodiq kirishi bilan saharlik vaqti tugab, ro‘za vaqti boshlanadi. Ikkisining o‘rtasini ajratib turadigan uchinchi bir vaqt yo‘q. Saharlik o‘z vaqtida bo‘lgani afzal. Lekin subhi sodiq kirgan-kirmagani borasida ikkilanadigan darajada kechiktirish makruh. Ro‘za tutish niyatsiz bo‘lmaydi, albatta, niyat qilinib, saharlik duosi o‘qilishi lozim.

Og‘iz yopish duosi quyidagicha: “Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'ala. Allohu akbar”.



Iftorlik va taroveh

Iftorlik ham, albatta, niyat va duo ila qilinadi. Iftorlik (og‘iz ochish) duosi: “Allohumma laka sumtu va bika amantu va a'layka tavakkaltu va a'la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu birohmatika ya arhamar rohimiyn, Allohu akbar”.



Ana shu duo ila ro‘zador og‘zini ochadi, halol taomlar bilan taomlanadi. Ovqatlanishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki bu holat mo‘min odobiga to‘g‘ri kelmasligi bilan birga salomatlikka ham zararlidir. Shundan so‘ng taroveh namoziga chiqiladi.

Ro‘zadorning odoblari

Kim ro‘za tutib, Allohning ibodatini amalga oshirsa, u o‘zini boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun ham odobli, bosiq va xushmuomala tutishi lozim. Ro‘zadorning tilidan har xil keraksiz gaplar chiqmasligi, ro‘za tutgan kishi g‘iybat, chaqimchilik kabi ishlardan uzoq bo‘lishi, haqoratli gap-so‘zlarni, umuman, gapirmasligi lozim. O‘zga ro‘zadorlarni ham hurmat qilishi, ularga shirin so‘zlashi, mushkullarini oson qilib berishi kerak.



Rosulullohﷺ dedilar: «Ro‘za va Qur'on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydilar. Ro‘za: «Robbim, men uni taom va maylliklardan to‘sdim, mening u haqidagi shafoatimni qabul qil!», deydi. Qur'on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, mening u haqidagi shafoatimni qabul qil!», deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qilinadi» (Imom Ahmad rivoyati).



Ramazon oyida ro‘za tutmaslik oqibati

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Islomning asosi va dinning poydevori uchta bo‘lib, ular ustiga Islom tiklangan. (Ular): «Allohdan o‘zga iloh yo‘q» deb guvohlik berish, farz qilingan namozlar va Ramazon oyining ro‘zasi» (Abu Ya'lo, Daylamiy va imom Zaxabiy rivoyatlari).

Abu Hurayra raziyallohu anhu dedi:
Rosulullohﷺ dedilar : «Ramazonning bir kunida Alloh izn bermagan ruxsatsiz (qasddan) ro‘za tutmagan odam hayoti davomida ro‘za tutsa-da, qazo o‘rniga o‘tmas» (Imom Abu Dovud, Imom ibn Mojja, imom Termiziy rivoyatlari).


Ro‘zador unutib biron narsani yeb-ichsa, ro‘zasi buzilmaydi, balki Allohning mehmoni bo‘ladi.
Rosulullohﷺ dedilar: «Ro‘zadorligini unutib yegan yoki ichgan odam, ro‘zasini yetkazsin. Chunki uni Alloh yedirib, ichirgandir» (Imom Muslim rivoyati). Ammo ro‘zani qasddan ochish gunoh hisoblanadi.

Umuman olganda, Ramazonni munosib o‘tkazish, uning odoblariga, qoidalariga rioya etish har bir mo‘min-musulmonning farzidir. Ramazon ro‘zasini besabab qoldirish va uni tutmaslik kishini gunohkor etadi. Hayotidan baraka ko‘tariladi. Chunki Ramazonning har bir daqiqasida baraka yashiringan.

Allohumma solli ala
@Sayyidina_Muhammad
1.6K views01:40
Ochish/sharhlash