Get Mystery Box with random crypto!

Rosululloh sollollohu alayhu vassallamdan G'azabni daf qiluvch | Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙

Rosululloh sollollohu alayhu vassallamdan G'azabni daf qiluvchi 4 sunnat Amal

1) Allohdan panoh so'rashlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; men bir kalima bilaman agar kishi g'azab vaqtida uni aytadigan bo'lsa undagi g'azab ketadi. U kalima ;"Au'zu billahi minashshaytonir rojiym "ya'ni "Quvilgan shaytonning (yomonligidan) faqat Allohdangina panoh so'rayman."

2) Tahorat olishlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Aniqki g'azab shaytondandir, shayton esa olovdan yaratilgan, olov esa suv bilan o'chiriladi, bas agar birortangiz g'azab qilsa tahorat olsin.

3) Holatni o'zgartirishlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Agar birortangiz g'azablanganda tik oyoqda turgan bo'lsa o'tirib olsin, agar unda ham ketmasa (ozgina) yonboshlab olsin.

4)Sukut saqlashlik.

Rosulullohﷺ aytdilar; Agar birortangiz g'azablansa qilsa sukut saqlasin.

Eslating! Estlatish mo'minlarga manfaat keltirur

@Sayyidina_Muhammad