Get Mystery Box with random crypto!

Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar Kun kelar bariga qiladi a | Rosululloh ﷺ Hayotlari🌙

Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar

Kun kelar bariga qiladi afsus
Olamga dunyosin qilganlar ko‘z ko‘z
Allohim ulardan so‘rasa bir so‘z
Vujudin qoplaydi dardu alamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Ishq deya dunyoni qopladi zino
Ishq emas faxsh uzra qurilgan bino
Qiyomat kunidan kelar bir sado
Eshiting qalblari qotgan odamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Ixtiyor o‘zingda aql boshingda
Boshing sajda ko‘rdimi ayni yoshingda
Bir kun botar aniq chiqqan quyoshingda
Qiyomat kun chekarsiz jabru alamlar
Boshi sajda ko‘rmay o‘tgan odamlar.

Men ham oddiy quldirman Allohga asli
Kimgadur iymon bersa bu uning fazli
Gunohga qo‘l urmang bor aniq kasri
Haq yo‘lda yuringiz bosib qadamlar
Besh vaqt boshi sajdada turgan odamlar.

Allohumma solli ala
@Sayyidina_Muhammad