Get Mystery Box with random crypto!

🏫 SAMBHRAM UNIVERSITY Jizzakh

Telegram kanalining logotibi sambhram_university_official — 🏫 SAMBHRAM UNIVERSITY Jizzakh S
Telegram kanalining logotibi sambhram_university_official — 🏫 SAMBHRAM UNIVERSITY Jizzakh
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

🇮🇳 Hindistonning Sambhram oliy oʻquv yurtining Jizzax shahridagi Sambhram universiteti Telegram kanaliga xush kelibsiz.
🗺 Manzil: Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi Hamraqul Nosirov ko'chasi 3-uy.
📞Call Center:
998995577749
Admin: @the_kabulovich

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-28 07:32:22 Assalomu aleykum grand yutib sertifikatini olmagan talabalar kelib olib ketishlari mumkin.
Murojat uchun: @Abdumalik77777
995577749
1.5K views777 777, edited  04:32
Ochish/sharhlash
2022-07-27 14:19:24
!!! Jizzakh Sambhram University !!!

Sambhram universitetida "O'zbekistonning barqaror rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari - imkoniyat va muammolar" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Manba: @JizzaxMTRK

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube | Website | Maps location
2.1K viewsᴋᴏᴍɪʟᴊᴏɴ ᴏʙᴏᴅᴏᴠ, 11:19
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:39:10
Талабалар учун АҚШдаги ёзги алмашинув дастурлари

АҚШнинг SUSI ёзги амалиёт дастури

Америка Қўшма Штатларидаги SUSI ёзги алмашинув дастури. Дастур тўлиқ молиялаштирилади. Давомийлиги 6 ҳафта. Аризалар ҳар йили қабул қилинади.

Батафсил

АҚШ глобал бакалавриат алмашинув дастури

Global UGRAD дастури халқаро талабаларга АҚШда бир чорак ўтказиш имконини берувчи энг нуфузли бир семестрли алмашинув дастуридир. Бутун дунёдан талабалар АҚШга бепул келишини ва семестрни АҚШнинг исталган коллежи ёки университетида давом эттириши мумкин.

Батафсил

Хьюберт Х. Хамфри стипендия дастури

Хьюберт Х. Хамфри стипендия дастури тажрибали ўрта бўғим мутахассисларга 10 ойлик стипендиясиз таълим олиш ва малака оширишни ўз ичига олади.

Батафсил

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
480 viewsСирожиддин Тавбоев, 16:39
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:19:36 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir A.Toshqulov aytgan davr keldi

Bir ko'rsatuvda vazir A.Toshqulov aytgan edi-ki, "shunday vaqtlar keladi, oliy ta'lim abituriyentlar uchun o'zini reklama qila boshlaydi, ko'chadagi bannerlarda oliygohlar reklamasini ko'rasiz".

Men mana shu jarayonlarning guvohi bo'lyapman. Faqat xususiy oliygoh emas, aynan davlat oliygohlari endi abituriyentlarni chorlash uchun reklamalar qila boshlashdi. Bu vazir aytgan islohotlarning samara bera boshlaganidan dalolat.

Viloyat va OTMlararo o'qishni ko'chirish tartibining bekor qilinishi hamda oliygohlarga moliyaviy mustaqillik berish orqali kvotalarni mustaqil belgilash jarayoni bir-biriga uzviy bog'liq. Bundan keyin oliygohlardagi keraksiz yo'nalishlar yo'qolib boradi hamda jamiyat talab qilayotgan ta'lim yo'nalishlarinigina o'zi qoladi.

Yaqin 3-4 yilga bormasdanoq oliygohlar abituriyentlarni o'qishga imtihonsiz qabul qilishni boshlashadi. Balki bu ertaroq ro'y berishi ham mumkin. Vazirning islohotlari amalda juda tez effect beryapti.
662 viewsJahongir Temirov, edited  04:19
Ochish/sharhlash
2022-07-05 10:45:07
#kun_hikmati

Kichkina bo‘lsa ham, bog‘ing va kutubxonang bo‘lsa – sen boshqa hech narsaga muhtoj emassan.

Sitseron
Sitseron Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (miloddan avvalgi 106-yil 3-yanvar, Arpinum — miloddan avvalgi 43-yil 7-dekabr, hozirgi Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi.
967 viewsСирожиддин Тавбоев, 07:45
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:49:15
#Иқтидорли_талабаларимиздан
#Хабарлар
Жиззах Sambhram университети ВВА (Бизнес бошқаруви) бакалавриат таълим йўналиши 104 гуруҳ талабаси Файзиев Юсуфхон Баҳром ўғли Германия давлатининг талабалар алмашинуви дастури бўйича 2022 йил учун тақдим этилган тўлиқ молиялаштиралидиган Worк and Travel (Summer Work and Travel program) дастурида ГРАНТ ютиб олди.
Файзиев Юсуфхон Баҳром ўғли 2022 йил 1 июндан 31 августга қадар Берлин университети ҳузуридаги технопарк резиденти Bestcekret фирмасида менеджер ёрдамчиси сифатида (ойлик маош тўланадиган иш) малакасини оширади. Worк and Travel дастурида иштирок этиш имкониятини қўлга киритган талабаларимиз сафи кенгаяверсин. Жиззах Sambhram университети жамоаси Файзиев Юсуфхон Баҳром ўғлини келгуси ишларида ҳам омадлар тилаб қолади .
1.1K viewsСирожиддин Тавбоев, 05:49
Ochish/sharhlash
2022-07-05 06:32:10Qoraqalpoqliklar samimiy, to‘g‘riso‘z insonlardir!

So‘nggi kunlarda Vatanimizning bir qismi bo‘lgan Qoraqalpoq zaminidagi vaziyatdan xabaringiz bor. Qoraqalpoq xalqi bilan bir necha asrlar davomida bir yurt, bir xalq bo‘lib yashab kelmoqdamiz!
Men har yil Nukus shahriga borib, Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari uchun ma’ruza va seminarlar o‘taman. Shogirdlarim orasida ko‘plab qoraqalpog‘istonlik fan doktorlari va fan nomzodlari, Oliy Majlis deputatlari faoliyat yuritmoqda. Respublikamiz Prezidenti qarori bilan Nukus shahrida Fanlar akademiyasi Matematika institutining Qoraqalpoq bo‘linmasi tashkil qilingan. Unga eng iqtidorli shogirdlarimdan biri professor Karimbergen Kudaybergenov rahbarlik qiladi.
2017-yilda men Karimbergen va shogirdlarim Baxrom Omirov, O‘tkir Roziqovlar bilan birgalikda Prezidentimiz Farmonlari bilan Fan va texnika sohasida birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmiz.
Hurmatli qoraqalpoq xalqi, asrlar davomidagi birligimizga rahna solishga harakat qilayotgan tashqi kuchlarga imkon bermang! Bu kuchlar bir jon, bir tan bo‘lishimizni ko‘ra olmaganlar, tinchligimizga hasad qilayotganlardir! Ularning maqsadi — Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda ildam rivojlanib kelayotgan yurtimizning barqarorligini izdan chiqarishdir!
Voqealarda ishtirok etayotganlar men bilgan va men tanigan qoraqalpoq xalqi emas! Chunki men tanigan qoraqalpoq do‘stlarim, shogirdlarim, mehmondo‘st, samimiy, to‘g‘riso‘z insonlardir!

Shavkat Abdullayevich Ayupov
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi,
O‘zbekiston Qahramoni, akademik

Bizni kuzating
: @eduuz
640 viewsСирожиддин Тавбоев, 03:32
Ochish/sharhlash
2022-07-05 05:31:28
Bestcekret firmasida menejer yordamchisi bo’lib o’z malakamni oshirmoqdaman
595 viewsСирожиддин Тавбоев, 02:31
Ochish/sharhlash
2022-07-05 05:31:28
562 viewsСирожиддин Тавбоев, 02:31
Ochish/sharhlash