Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir A.Toshqulov aytgan davr keld | 🏫 SAMBHRAM UNIVERSITY Jizzakh

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir A.Toshqulov aytgan davr keldi

Bir ko'rsatuvda vazir A.Toshqulov aytgan edi-ki, "shunday vaqtlar keladi, oliy ta'lim abituriyentlar uchun o'zini reklama qila boshlaydi, ko'chadagi bannerlarda oliygohlar reklamasini ko'rasiz".

Men mana shu jarayonlarning guvohi bo'lyapman. Faqat xususiy oliygoh emas, aynan davlat oliygohlari endi abituriyentlarni chorlash uchun reklamalar qila boshlashdi. Bu vazir aytgan islohotlarning samara bera boshlaganidan dalolat.

Viloyat va OTMlararo o'qishni ko'chirish tartibining bekor qilinishi hamda oliygohlarga moliyaviy mustaqillik berish orqali kvotalarni mustaqil belgilash jarayoni bir-biriga uzviy bog'liq. Bundan keyin oliygohlardagi keraksiz yo'nalishlar yo'qolib boradi hamda jamiyat talab qilayotgan ta'lim yo'nalishlarinigina o'zi qoladi.

Yaqin 3-4 yilga bormasdanoq oliygohlar abituriyentlarni o'qishga imtihonsiz qabul qilishni boshlashadi. Balki bu ertaroq ro'y berishi ham mumkin. Vazirning islohotlari amalda juda tez effect beryapti.