Get Mystery Box with random crypto!

​Qoraqalpoqliklar samimiy, to‘g‘riso‘z insonlardir! So‘nggi k | 🏫 SAMBHRAM UNIVERSITY Jizzakh

Qoraqalpoqliklar samimiy, to‘g‘riso‘z insonlardir!

So‘nggi kunlarda Vatanimizning bir qismi bo‘lgan Qoraqalpoq zaminidagi vaziyatdan xabaringiz bor. Qoraqalpoq xalqi bilan bir necha asrlar davomida bir yurt, bir xalq bo‘lib yashab kelmoqdamiz!
Men har yil Nukus shahriga borib, Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari uchun ma’ruza va seminarlar o‘taman. Shogirdlarim orasida ko‘plab qoraqalpog‘istonlik fan doktorlari va fan nomzodlari, Oliy Majlis deputatlari faoliyat yuritmoqda. Respublikamiz Prezidenti qarori bilan Nukus shahrida Fanlar akademiyasi Matematika institutining Qoraqalpoq bo‘linmasi tashkil qilingan. Unga eng iqtidorli shogirdlarimdan biri professor Karimbergen Kudaybergenov rahbarlik qiladi.
2017-yilda men Karimbergen va shogirdlarim Baxrom Omirov, O‘tkir Roziqovlar bilan birgalikda Prezidentimiz Farmonlari bilan Fan va texnika sohasida birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmiz.
Hurmatli qoraqalpoq xalqi, asrlar davomidagi birligimizga rahna solishga harakat qilayotgan tashqi kuchlarga imkon bermang! Bu kuchlar bir jon, bir tan bo‘lishimizni ko‘ra olmaganlar, tinchligimizga hasad qilayotganlardir! Ularning maqsadi — Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda ildam rivojlanib kelayotgan yurtimizning barqarorligini izdan chiqarishdir!
Voqealarda ishtirok etayotganlar men bilgan va men tanigan qoraqalpoq xalqi emas! Chunki men tanigan qoraqalpoq do‘stlarim, shogirdlarim, mehmondo‘st, samimiy, to‘g‘riso‘z insonlardir!

Shavkat Abdullayevich Ayupov
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi,
O‘zbekiston Qahramoni, akademik

Bizni kuzating
: @eduuz