Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ula | Jaloliddin Rumiy 🍃

O‘qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, so‘ng o‘z ismlarini yozib qo‘yishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib bo‘lishgach, puflangan sharlarni maktab yo‘lagiga olib chiqishibdi. O‘qituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, o‘quvchilarga 3 daqiqa ichida hamma o‘z ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar chopib borib, o‘ziga tegishli bo‘lgan sharni izlashga tushishgan ekan, lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...

Shunda o‘qituvchi bolalarga: "Hammangiz o‘zingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan bo‘lsa, o‘shani qo‘liga bering", debdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas barchaning qo‘lida ismi yozilgan rangli shar bor edi.

Shunda o‘qituvchi shunday degan ekan: "Bu sharlar xuddi baxt kabidir — kimki uni faqat o‘zi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma o‘zgalar haqida qayg‘urib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin bo‘ladi".


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..