Get Mystery Box with random crypto!

XUSHOMADGOʻY TOVUQ Mushuk issiqda erkalanib tanasini oftobga | Jaloliddin Rumiy 🍃

XUSHOMADGOʻY TOVUQ

Mushuk issiqda erkalanib tanasini oftobga toblab yotgan edi, ming mashaqqat bilan tovuq uning yoniga yurib keldi. Tovuqning ochlikdan madori qurigan, patlari toʻkila boshlagan edi.
– Hoy, tovuq! – dedi undan hol soʻrab mushuk. – Bu ahvoling nimasi? Eting ketib, pating qolibdi, deyin desam, pating ham toʻkilib, tamom boʻlibdi-ku! Nima sababdan sen bunchalar ozib-toʻziding?
– Bilasan, men bir kosibning arzandasi edim, – deb gap boshladi tovuq zorlanib. – Egamga har kuni bittadan tuxum tugʻib berar edim. Bundan kosib rozi edi, mehnatimni qadrlardi. Bir hovuch donni mehnatimga ragʻbat tarzida ulashardi. Men mehnatni juft qilsam, ragʻbati ham toq qolmas, deb oʻylab qoldim. Keyinchalik, yaxshi yetilmagan boʻlsayam, kuchanib-chiranib kuniga ikkitadan tuxum tugʻa boshladim. Bu amalim kasriga koʻrib turganingdek, ham sillam quridi, xam kasal boʻpti, deb, egam uyidan quvib soldi!

Umidjon Ergashev "Ishonch"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..