Get Mystery Box with random crypto!

Yosh siyosatchi

Telegram kanalining logotibi reooiuy — Yosh siyosatchi Y
Telegram kanalining logotibi reooiuy — Yosh siyosatchi
Kanal manzili: @reooiuy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-07-23 05:51:19 Xiva xonligining qanday ishg'ol etilganligi bilan tanishishni xohlaysizmi? Unda Terentyevning rus tilidagi asarini sizga taqdim etamiz. Muallif Xiva voqealari haqida ancha jonli yozgan. @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:19 1959-yil Dyatlov boshliq bir guruh sovet sayohatchilari Ural hududidagi mansilar yerida sirli tarzda halok bo'lishgan edi. Bu voqea butun dunyoda shov-shuvga aylangan Dyatlov siri degan atamaning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Bir guruh turistlar 1-2 fevral kunlari noma'lum tarzda halok bo'lishgan. Ularning biri ko'zi o'yilgan, boshqasi undan ham g'alati o'lim topgan va eng qizig'i murdalar har yerda yotar, tergov ishi mana shu bugunga qadar qotil aynan kim yoki nima bo'lganini aniqlolmagan. Bugun biz mana shu voqea haqida yozilgan ko'plab asarlardan birini sizga taqdim etamiz. Asar rus tilida. @battlefieldchannel
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:19 1948-yili Avstraliya sohilida sirli erkakning jasadi topildi. Shu kunga qadar olib borilgan barcha tergov harakatlari bu odam o'limi sababi va shaxsini ocholmadi. Bu ish shunchalik chigallashdiki, xuddi shunga o'xshash yana bir necha o'limlarga bog'lanib ketdi. Erkakning cho'ntagida "Tamam shud" yozuvi bor edi. Bu Umar Hayyomning ruboiylaridan kesilgan "Tugadi" degan so'zning forschasidir. Umuman olganda biz sizga XX asrning eng sirli o'limlaridan biri haqida - Somersetdagi "Tamam shud" voqeasi haqida yozilgan ingliz tilidagi xuddi shu nomli asarini tavsiya etmoqchimiz. Asar marhum haqida olib borilgan detektiv ishlarni jamlagan. Marhamat. Asar FB2 formatida. @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:19 Xazar xalqi tarixi: miflar va umumiy tarix. Ushbu asarda unutilingan turkiy xalq tarixiga nigoh tashlaymiz.

Kanalga ulanish: @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:19 Rus olimi Sichevning "Sulolalar kitobi" asarida dunyo tarixidagi yuzlab sulolalar haqida ma'lumot olish imkoni bor.

Kanalga ulanish: @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:19 Hasan Basriy. "Akifnoma". Bu asarda Mehmed Akif ijodi va hayotiga oid ma'lumotlar, uning she'rlari va adabiy merosiga oid parchalari berilgan. Turk tilida o'qisangiz ancha tushunarli bo'lar deya ilindik. Marhamat.

Kanalga ulanish: @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:51:18 Akademik Bartoldning eng mashhur asari " Turkiston mo'g'ul bosqini davrida". Tadqiqot rus tilida. @historicallife
6 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-07-22 22:36:30 Чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон топширадиган абитуриентлар учун эртадан имтиҳон бошланади!!!

Эртага, 23 июль куни барча ҳудудларда чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳонлар бошланади.

Имтиҳоннинг ёзма (тинглаб тушуниш, ўқиш, ёзма иш) қисми 23-24-25-июль кунлари 2 сменада бўлиб ўтади. Бунда

-смена — 08:00 (имтиҳонга етиб келиш вақти — 07:00) да;
-смена — 15:00 (имтиҳонга етиб келиш вақти — 14:00) да бошланади.

Абитуриентлар қачон, қаерда имтиҳонда иштирок этишини my.dtm.uz сайти орқали шахсий кабинетидан билишлари ва рухсатномани (абитуриент қайд варақасининг қуйи қисмида) юклаб олишлари мумкин.

Абитуриентлар имтиҳон ўтказиладиган ҳудудга имтиҳон бошланишидан 1 соат олдин шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва рухсатнома билан келишлари лозим.

Имтиҳонга кечиккан ёки келмаган абитуриентлар учун қўшимча имтиҳон ўтказилмайди.

айтишларича, кўплаб абитуриентлар ҳали рухсатномасини юклаб олмабди. Бу дегани улар қачон ва қаерда имтиҳон бўлишини билишмайди. Улар ёки хабарсиз, ёки рухсатномани қандай юклаб олишни билишмаяпти. Танишларингиз чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон олинадиган йўналишларга топширган бўлса, уларни огоҳлантириб қўйсангиз, яхши бўларди.


@xushnudbek
1 view19:36
Ochish/sharhlash
2022-07-22 22:10:53 Shri-Lanka bu holatga qanday tushib qoldi?

Shri-Lankada to'polonlar ortidan bosh vazir Ranil Vikramasingxe va prezident Gotabaya Rajapaksa shanba kuni iste'foga chiqishga rozi bo'ldi. Mamlakat bu kunlarga qanday kelib qoldi?

Bu savolga ikkita so'z bilan javob berish mumkin: korrupsiya va layoqatsiz boshqaruv.

Rajapaksa 2019-yilda prezident etib saylanganidan so‘ng mamlalat tarixidagi eng katta soliq imtiyozlarini e'lon qildi. Natijada mamlakat g'aznasi yiliga kamida 1,4 milliard dollar yo'qotishga uchradi. Tashqi qarzlar miqdori esa oshib bordi.

Xalqaro reyting agentliklari mamlakat reytingini pasaytirgandan so'ng hukumat soliq imtiyozlarini bekor qilishga majbur bo'ldi, ammo chetdan qarz olish allaqachon qimmatroq bo'lib ulgurgan edi.

Noto'g'ri siyosat faqat bu bilan tugamaydi.

O'tgan yili prezident Rajapaksa ximikatlardan xoli organik mahsulotlar yetishtirish da'vosi bilan kutilmaganda kimyoviy o'g'itlar importini taqiqlab qo'ydi. Bu esa qishloq xo'jaligi sektorini deyarli ishdan chiqardi va sholi ekish keskin kamaydi. Keyinroq bu qaror ham bekor qilindi. Ammo endi ancha kech edi. Dehqonchilikni qayta rivojlantirish uchun yana xorijdan qarz olindi.

Global pandemiya muhim daromad manbai bo'lgan turizmni ham to'xtatib, mamlakat yillik 3 milliard dollarlik tushumdan ayrildi.

Mahalliy valyuta 80 foiz qadrini yo'qotdi. Hozir mamlakatda oziq-ovqat, gaz, sut va hatto hojatxona qog'ozini import qilish uchun ham deyarli pul yo'q. BMT ma'lumotiga ko'ra, oziq-ovqat inflyatsiyasi Shri-Lankada 57 foizdan oshgan.

Davlatning qancha qarzi bor?

Shri-Lankaning 51 milliard dollar tashqi qarzi bor va bu qarzlar uchun foizlarni to'lash uchun hukumatda pul yo'q. Mamlakat hozirda Hindistondan olingan 4 milliard dollarlik kredit liniyasi bilan kun ko'ryapti. Yana defoltga uchramaslik uchun bu yil faqat qarz foizlarining o'ziga 7 milliard dollar to'lash kerak. Hukumat Xalqaro Valyuta Jamg'armasidan (XVJ) 3 milliard dollar favqulodda kredit so'ragan. XVJ buning uchun soliq va foiz stavkalari oshirilishini talab qilmoqda. Shri-Lanka, shuningdek, "Katta yettilik" va Xitoy bilan qarzlarni qaytarish shartlarini yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

Iqtisodiy halokat xavfi bilan yuzlashayotgan faqat Shri-Lanka emas

Tashqi qarz yuki ostida defolt xavfi bilan yuzlashayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Salvador, Gana, Misr, Tunis, Pokiston kabi bir qator mamlakatlarda shunday xavf yuqori ekani aytilmoqda.

Kelayotgan oylar va yillarda pandemiya, Ukraina urushi bilan bog'liq iqtisodiy muammolar, inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik xavfi ko'plab rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy vaziyatni yanada og'irlashtiradi.

Bunday sharoitda hukumatlar imkon qadar imtiyozlarni, davlat xarajatlarini kamaytirishi kerak. Qarz olishda yetti o'lchab bir kesish va olingan qarz optimal tarzda ko'zlangan maqsadlar uchun ishlatilishi juda muhim. Xalqqa yoqadigan populistik, qisqa muddatli siyosatlardan, imtiyozlardan tiyilib, uzoq muddatda iqtisodiyotni rivojlantiradigan rejalar ustida ishlash kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki maksimal darajada qisqartirilishi lozim.

@bmamadiev
2 views19:10
Ochish/sharhlash
2022-07-22 19:19:41
Россия Мудофаа вазири Сергей Шойгу туркиялик ҳамкасби Ҳулуси Акар билан учрашиб, у билан Қора денгиз минтақаси ва Украина ҳамда Суриядаги вазиятни муҳокама қилди.

@gorizont_uz
10 views16:19
Ochish/sharhlash