Get Mystery Box with random crypto!

Yosh siyosatchi

Telegram kanalining logotibi reooiuy — Yosh siyosatchi Y
Telegram kanalining logotibi reooiuy — Yosh siyosatchi
Kanal manzili: @reooiuy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2022-07-21 17:45:07 ​​Transafgʻon temir yoʻli loyihasi boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.

Bugun Afgʻoniston hududida Oʻzbekiston, Afg‘oniston va Pokiston qoʻshma loyihasining yoʻnalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash boʻyicha ekspeditsiya ishlari boshlandi.

“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” transafgʻon t/y loyihasining taxminiy qiymati $5 milliardni tashkil etadi. Uzunligi 600 km boʻlgan temir yoʻl Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yoʻlini ochadi.

Loyiha toʻliq amalga oshirilgach, Pokistondan Oʻzbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yoʻnalish boʻyicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.

@Sharqshunos_tahlilchilar
3 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:45:07 Markaziy Osiyo hamjihatligi yo‘lida

Joriy yilning 21-iyul sanasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Cho‘lponota shahrida to'rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uchrashuv chog‘ida besh Respublika tomonidan imzolanadigan muhim shartnoma haqida ma’lum qilibdi. Unga ko‘ra, Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va XXI asrda Markaziy Osiyo taraqqiyoti yo'lidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma deb nomlanuvchi muhim besh tomonlama shartnoma imzolanadi.

Shartnomaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

- o‘zaro manfaatli masalalarni hal etishda Markaziy Osiyo davlatlari sa'y-harakatlarini birlashtirish;

- mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash;

- yaxshi qo'shnichilik va do'stlikka asoslangan munosabatlarni mustahkamlash.

Shartnoma loyihasida tomonlar o‘rtasida harbiy, savdo-iqtisodiy, logistika, madaniy-gumanitar, energetika va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan.

Shartnoma Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga, jahon hamjamiyati bilan munosabatlarni shakllantirish hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga nisbatan yondashuvlarni ishlab chiqishga mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

Shartnomaga muvofiq, tomonlar bir-biriga qarshi kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan tiyilish, global va mintaqaviy miqyosda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun o‘zaro hamkorlik qilish, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Basharti shartnomani besh davlat rahbarlari imzolasa, zamonaviy Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro hamjihatlikning huquqiy poydevori ilk marta tashqi ishtirokchilarsiz amalga oshadi. Bu esa mintaqaga bo‘lgan va davom etayotgan geosiyosiy chaqiriqlarga munosib javob bo‘lar edi.

Umuman, Markaziy Osiyoning istiqboldagi hamkorlik (integratsiya) jarayonlari "Markaziy Osiyo Markaziy osiyoliklar uchun" tamoyiliga asoslanishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
3 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:45:06
4 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:45:06
Qurol tilga kirganda, qonunlar jim qoladi.

Mark Tulliy Sitseron

U bu jumla bilan qurol ishlatish, zoʻravonlik va har qanday urushlar qonundan ustun boʻlmasligi va qonunlar urushni cheklashga qaratilishi lozimligini qayd etgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
5 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:55:55 Хитой яқин ўн йил ичида Тайванни эгаллашни режалаштирмоқда - Марказий разведка бошқармаси директори Уилям Бернс

@gorizont_uz
3 views12:55
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:55:55 Кремл сентябрь ўрталарига қадар Украинанинг озод қилинган ҳудудларини аннексия қилиш бўйича референдум ўтказишга ҳозирлик кўрмоқда - Bloomberg

Кремлнинг мақсади 15-сентябрьгача ҳудудларни аннексия қилиш. Референдумлар Донецк, Луганск, Херсон ва Запороже вилоятларида ўтказилиши керак, дея қўшимча қилади Bloomberg.

@gorizont_uz
3 views12:55
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:55:55 Ўзини ўзи банд қилганлар, норасмий даромад оладиганларнинг ҳам даромадларини ҳам кредит олишда инобатга олиш механизмлари устида ишланмоқдаМарказий банк

@gorizont_uz
3 views12:55
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:55:55 Марказий банк пул ўтказмалари бўйича ҳолат омиллари ҳақида:

- Россияда нақд валюта ва нақдсиз валюта курси ўртасида 15-30 фоизгача фарқ юзага келган.
- Мигрантлар норасмий пул ўтказмаларини расмий каналлар орқали ўтказишга ўтган.
- Ўтган 6 ойда пул ўтказмаларининг 199 млн.долларлик қисми рубль кўринишида келиб тушган.

@gorizont_uz
3 views12:55
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:51:39
Хитой 2025 йилгача об-ҳавони ўзгартириш дастурини 5,5 миллион квадрат километргача оширади.

Хитойда 5,5 миллион квадрат километрдан ортиқ майдонни эгаллайдиган экспериментал об-ҳавони ўзгартириш дастурини сезиларли даражада кенгайтириш режалари эълон қилинди, бу Ҳиндистоннинг умумий майдонидан 1,5 баравар кўпроқ.

Дунё бўйлаб камида 52 мамлакат об-ҳаво ўзгариши дастуридан фойдаланади.

@gorizont_uz
5 views12:51
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:39:40 Zudlik bilan aloqaga chiqing.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati koʻmagida “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi renessans asoslari” VI Xalqaro kongressi tashkil etilishi munosabati bilan zudlik bilan volontyorlar zarur.

Volontyorlar quyidagi tillarni bilishlari lozim:
1. Fransiyadan kelgan delegatsiya uchun fransuz tili
2. Eron delegatsiyasi uchun fors tili
3. Ozarbayjon delegatsiyasi uchun rus-ingliz tili

Kongress 22-23-24-iyul (Juma-Yakshanba) kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.
Vaqti - taxminan 10:00 dan 17:00 gacha.

Murojaat uchun +998906575599 raqamiga аloqaga chiqing.

@tsuosgrants
10 views10:39
Ochish/sharhlash