Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi ravshanjakhanov — . R
Telegram kanalining logotibi ravshanjakhanov — .
Kanal manzili: @ravshanjakhanov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25
Kanalning ta’rifi

🚀 Birgalikda yuksalamiz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-18 19:17:50
18 yoshli o'zimga maslahatlarim

Shaha Dolimov

@ravshanjakhanov
35 viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-09-17 05:52:19 Sayoz ish- Teran ish

Hozirda biz ko'pchilik insonlar o'z vaqtlarini soatlab internetda sarflayotgan zamonda yashab,o'zimiz ham bu jarayonda "faol" ishtirok etib kelmoqdamiz.

Natijada kunimiz chalg'ishlarga to'la, sayoz ish ko'nikmasi shakllanib ulgurgan.

Sayoz ish bu aqliy zo'riqish talab qilmaydigan,ko'pincha chalg'ishlar bilan ham bajariladigan ish.U katta qiymat yarata olmaydi va uni har kim eplashi mumkin.

Ammo hozirgi axborot iqtisodiyotida kerakli kadr bo'lib qolish uchun murakkab narsalarni tezda o'rganish mahoratiga ega bo'lish kerak.
Bu vazifa esa bizdan "teran ish" ko'nikmasini talab qiladi.

Teran ish-hech narsaga chalg'imasdan (telfonlarni o'chirib),bor aqliy imkoniyatni ishga solgan holda, chuqur diqqat bilan bajarilgan ishdir.
Bu ish bebaho qiymat yaratadi,mahoratingizni oshiradi va uni har kim ham bajara olmaydi.

Kuningizni qancha vaqtida teran ish bilan shug'ullanasiz yoki shug'ullanmoqchisiz? (Javoblarni izohlarda yozib qoldiring )

@ravshanjakhanov
41 viewsedited  02:52
Ochish/sharhlash
2022-09-02 00:19:53 Xulosalar

1.O'zingiz bilan bir xil yoki sizdan yuqori darajada fikrlaydigan do'stlaringizni bo'lishi ajoyib hisoblanadi.Ular bilan qilinadigan bahs bu eng zo'ri.Chunki bunda ilm o'tkirlashadi, xira mavzular oydinlashadi.Bunaqa do'stlaringiz bo'lsa tabriklayman, siz baxtli insonsiz.

2.Insonlarga maslahat berishda juda ehtiyotkorona bo'lish kerak.Chunki maslahat berayotgan inson o'z dunyoqarashi bo'yicha maslahat berayotgan, maslahat olayotgan inson esa dunyoqarashidan kelib chiqib tushunayotgan bo'ladi.Natijada oralarida tushunmovchilik kelib chiqishi mumkin.
Buni oldini olish uchun har ikkala taraf ham qarama-qarshi tomonga o'tib ko'rib , so'ngra xulosa qilish kerak.

#JumaMuborak

@ravshanjakhanov
75 viewsedited  21:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 14:23:03 Ilm olish

Payg'ambarimiz alayhissalom aytadilar:"Har bir musulmonning ilm talab qilishi farzdir".

Ulamolarimiz aytishadiki:Ilmning afzali hol ilmini bilmoqdir.Bundan hamma ilmlarni o'rganish farz bo'lmasligini tushinish mumkin.
Hol ilmi nima deyilsa, hozir bajarib turgan amalning ilmini bilish.Masalan, Duradgor duradgorlik ilmi, namoz o'qishni ixtiyor qilgan inson-namozga oid ilmlarni o'rganishi kerak va hk.

#Xulosa
Ilm o'rganmoqchimisiz hozirgi vaqtda sizni qaysi muammo qiynab turibdi o'sha muammodan kelib chiqib kitob o'qing.

Chin yurakdan tavsiya

Diqqatni jamlay olmayotganlarga:Kel Nyuport-Diqqat

Eski odatlardan qutilmoqchi,yangi odat hosil qilmoqchilarga-James Clear-Atom odatlar

Pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rganmoqchilarga:Jorj Samuel Kleyson -Vavilonlik eng boy odam.

Islom dini mohiyatini anglamoqchi bo'lganlarga:Ahmad Lutfiy Qozonchi-Saodat asri qissalari

@ravshanjakhanov
122 viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-01 21:29:46

158 views18:29
Ochish/sharhlash
2022-06-09 14:06:19 Аллоҳга тақво қилиш ризқни жалб этганидек, тақвони тарк этиш камбағалликни чақиради. Гуноҳни тарк этишдек бирор иш Аллоҳнинг ризқини чорлай олмайди.

Имом Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ
---
Изоҳ: "Мўъжамут таърифот"да ризқни - Аллоҳ жонзотга ҳайдаб борадиган ва у ейдиган нарса, дея таърифланади. Бундан келиб чиқади ризқи кенгайган деганларингизнинг атрофидаги мўл-кўллик ризқ эмас, балки томоқларидан ўтгани ризқ экан. Кўпинча уларнинг хавфу хатарда ва кайфиятсиз еган нарсаларидан ночор одамнинг озгина емиши лаззатли ва фойдали бўлади.
Қолаверса биз кенглик деб айтаётганимиз бойликлар ризқ бўлиш ўрнига одамни янада адашишга ва туғёнга кетишига сабаб бўлади ва бу истидрож деб номланади. Демак бу ҳолда мўл-кўллик ризқ эмас, ризқсизлик бўлади.

Энди тўғридан-тўғри ҳикматдаги ризққа тўхталсак, бундан "ризқи ҳасан" - яъни эгасига машаққат ва қийинчиликсиз етиб келган ризқ назарда тутилмоқдаки, тақводорларга айнан шундай ризқ келади.


Мубашшир Аҳмад

@MubashshirAhmad
155 views11:06
Ochish/sharhlash
2022-06-09 14:00:38 Hayot qimmatlashyapti

5 oylik harajatlarimni ko’rib chiqdim.

O’tgan yilga nisbatan narx navo 1,5 - 3x barobar qimmatlashibdi.

Yosh o’tgan sari odamning hayoti qimmatlashib boradi. Buning ustiga global narx navo oshyapti. Inflatsiya yuqori. Demak endi bir xil darajada yashash uchun daromading yiliga kamida 50% oshib borishi kerak.

Daromadni o’zini o’stirishga harakat qilishdan foyda yo’q. Fikrlashni va qobiliyatlarni (skills) o’stirish kerak. Ko’proq ishlash orqali ko’proq topishni o’ylama. Hozir buning payti emas.

Qiyin davrlarni imkoniyatlarga aylantir. Buning uchun:

Haftasiga 20 soatdan kam, 40 soatdan ko’p ishlama.

Istalgan kitobni o’qiy oladigan darajada ingliz tilini o’rganib ol

Sohangga bog’liq bo’lmagan mavzularda haftasiga 5 soat o’qi (for serendipity)

Sohang bo’yicha haftasiga kamida 5 soat o’qi

Fundamental moliyaviy savodxonlikni o’rgan.

Oddiy narsalar. Lekin shuni o’zi 1 yil ichida kutilmagan natijalar beradi.

@azizrakhimov_blog
117 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-04-20 07:29:09 Kelajakda " yashab " qoladigan kasblar

Hozirgi zamon rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotida 3 guruh insonlar guruhining qo'li baland bo'ladi:

1.Aqlli mashinalar bilan ijodkorona ishlay oladiganlar.
Bular IT ,dasturlash,sun'iy intellekt,VR va unga bog'liq mutaxasislar

2.O'z ishining ustalari
Har bir sohaning eng kuchli mutaxasisi.M-n, o'qituvchi,shifokor,oshpaz va hk.

3.Kapital egalari.
O'z pulini texnologiya va daromadli boshqalar sohalarga tikkan investorlar.

Siz qaysi birisiz yoki bo'lmoqchisiz?....

@ravshanjakhanov
138 viewsedited  04:29
Ochish/sharhlash
2022-04-06 07:42:25 Chumolining to‘rt falsafasi

Aslida tabiatning o‘zi buyuk muallim. Tabiatni, atrofingizda ro‘y berayotgan tabiiy jarayonlarni kuzata turib ham, undan katta saboq olish mumkin. Keling, bizning e’tiborimizni tortgan chumolining to‘rtta hayot falsafasini o‘rganib chiqaylik. Balki bu holat sizga ham begona emasdir. Faqatgina undagi ayrim anglashingiz kerak bo‘lganlarini sizga eslatib o‘tmoqchimiz, xolos.

Birinchi falsafa.

E’tibor bersangiz, chumolilar hech qachon taslim bo‘lishmaydi. Harakatlanayotgan chumolini to‘xtatishga qancha urinmang, u baribir o‘z yo‘lida to‘xtab qolmaydi. Tepaga tirmashadi, pastga ketadi, lekin baribir faqat o‘ziga ma’lum bir yo‘nalishga intilaveradi. Sira taslim bo‘lmay, o‘zi istagan manzilga qarab intilish – juda go‘zal falsafa!

Ikkinchi falsafa
.

Chumolilar butun yoz davomida qish uchun ishlaydi. Axir yoz abadiy davom etmaydi-da. Shuning uchun ular yozda don-dun yig‘ib, qishga g‘amlab qo‘yishadi. "Qumdan qo‘rg‘on qurib bo‘lmas” deganlaridek, chumolilar yozning ne’matlarini ko‘rib, zavq olish o‘rniga, bu paytda qirchillama sovuqni ham "o‘ylashadi”. Ya’ni ularning ikkinchi falsafasi doim kelajakning g‘amini yeyish va erta uchun bugun qayg‘urishdir.

Uchinchi falsafa.

Chumolilar butun qish davomida yozga qanday yetib borishni ham o‘ylashiga nima deysiz? Ular qishlov uchun yer tagidagi uyasiga kirib ketishar ekan, "Qish abadiy davom etmaydi, biz tez kunlarda yana yorug‘ olamga chiqamiz”, deyishadi va qishning iliq kunlarida ham tashqariga o‘rmalab chiqishadi. Bu falsafaning mohiyati – doim yaxshi o‘zgarishlar ilinjida yashash va bundan umid uzmaslik.

To‘rtinchi falsafa.

Qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun butun yoz davomida chumolilar qancha mehnat qilishlari kerak?.. Qancha kerak bo‘lsa, shuncha. Imkoni boricha, ishning barchasini bajarish – qanday ajoyib falsafa!

#Demak, chumolidan o‘rganishimiz kerak bo‘lganlari:
hech qachon taslim bo‘lmaslik
doim olg‘a intilish
ishonch va umidni uzmaslik
qo‘ldan kelgan ishning barchasini bajarish


Saidmurod Davlatov

@ravshanjakhanov
136 viewsedited  04:42
Ochish/sharhlash
2022-03-26 12:35:04 Maslahatlar.

1. Yoshi o'zimdan katta insonlar bilan suhbat qurish yoqadi. Bittagina "mani yoshimda bo'lganizda nimalar qilgan bo'lardiz" degan savol va foydali maslahatlar seriyasini qabul qil.

2. Deyarli 90% holatda quyidagicha javob oldim: "ukam o'qishni qilar edim o'qishni". Hatto o'qigan insonlar ham shu maslahatni berdi.

3. Endi o'qishni yaqinda bitirgandan maslahat oldim. "Ukam til o'rganardim, til. Chetga surardim. Xatyabi gitlik qilardim"

4. Tilni o'rganib o'qishni bitirgandan maslahat so'radim. "Sohamni bilaman, tilni bilaman. Lekin fikrlash doiramda sal kamchilik bor. Badiiy kitob ko'proq o'qigan bo'lardim"

5. Badiiy kitobni o'qigan, tilni o'rgangan, o'qishni tugatgan akadan maslahat oldim. "Ukam hammmasi yaxshiku-ya. Lekin qilayotgan ishlarim dinimizda joizmi yoqmi bilmayman. Namoz o'qishni, ramazonda nimalar qilishni bilmayman. Shuning uchun dinimni o'rganar edim"

6. Dinini o'rgangan, tilni o'rgangan, badiiy kitob o'qigan, yaqinda o'qishni bitirgan akadan maslahat. "Alhamdullilah, o'tgan umrimdan roziman. Qilishim kerak bo'lgan ishlarni qildim. Sanga ham shu yo'lni maslahat beraman"

khasanov_blog

@ravshanjakhanov
123 viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash