Get Mystery Box with random crypto!

Maslahatlar. 1. Yoshi o'zimdan katta insonlar bilan suhbat q | .

Maslahatlar.

1. Yoshi o'zimdan katta insonlar bilan suhbat qurish yoqadi. Bittagina "mani yoshimda bo'lganizda nimalar qilgan bo'lardiz" degan savol va foydali maslahatlar seriyasini qabul qil.

2. Deyarli 90% holatda quyidagicha javob oldim: "ukam o'qishni qilar edim o'qishni". Hatto o'qigan insonlar ham shu maslahatni berdi.

3. Endi o'qishni yaqinda bitirgandan maslahat oldim. "Ukam til o'rganardim, til. Chetga surardim. Xatyabi gitlik qilardim"

4. Tilni o'rganib o'qishni bitirgandan maslahat so'radim. "Sohamni bilaman, tilni bilaman. Lekin fikrlash doiramda sal kamchilik bor. Badiiy kitob ko'proq o'qigan bo'lardim"

5. Badiiy kitobni o'qigan, tilni o'rgangan, o'qishni tugatgan akadan maslahat oldim. "Ukam hammmasi yaxshiku-ya. Lekin qilayotgan ishlarim dinimizda joizmi yoqmi bilmayman. Namoz o'qishni, ramazonda nimalar qilishni bilmayman. Shuning uchun dinimni o'rganar edim"

6. Dinini o'rgangan, tilni o'rgangan, badiiy kitob o'qigan, yaqinda o'qishni bitirgan akadan maslahat. "Alhamdullilah, o'tgan umrimdan roziman. Qilishim kerak bo'lgan ishlarni qildim. Sanga ham shu yo'lni maslahat beraman"

khasanov_blog

@ravshanjakhanov