Get Mystery Box with random crypto!

Sayoz ish- Teran ish Hozirda biz ko'pchilik insonlar o'z vaq | .

Sayoz ish- Teran ish

Hozirda biz ko'pchilik insonlar o'z vaqtlarini soatlab internetda sarflayotgan zamonda yashab,o'zimiz ham bu jarayonda "faol" ishtirok etib kelmoqdamiz.

Natijada kunimiz chalg'ishlarga to'la, sayoz ish ko'nikmasi shakllanib ulgurgan.

Sayoz ish bu aqliy zo'riqish talab qilmaydigan,ko'pincha chalg'ishlar bilan ham bajariladigan ish.U katta qiymat yarata olmaydi va uni har kim eplashi mumkin.

Ammo hozirgi axborot iqtisodiyotida kerakli kadr bo'lib qolish uchun murakkab narsalarni tezda o'rganish mahoratiga ega bo'lish kerak.
Bu vazifa esa bizdan "teran ish" ko'nikmasini talab qiladi.

Teran ish-hech narsaga chalg'imasdan (telfonlarni o'chirib),bor aqliy imkoniyatni ishga solgan holda, chuqur diqqat bilan bajarilgan ishdir.
Bu ish bebaho qiymat yaratadi,mahoratingizni oshiradi va uni har kim ham bajara olmaydi.

Kuningizni qancha vaqtida teran ish bilan shug'ullanasiz yoki shug'ullanmoqchisiz? (Javoblarni izohlarda yozib qoldiring )

@ravshanjakhanov