Get Mystery Box with random crypto!

​​Stereotip nima? Bu shunday narsaki, unda malum bir jixatga | Mantiq

​​Stereotip nima?

Bu shunday narsaki, unda malum bir jixatga ega guruhga qandaydir yorliqlar biriktiriladi (yuqoridagi misol: bizning dinda bo'lmaganlarning barchasi eng yovuz odamlar). Bunda hamma odam har hil ekanligi hisobga olinmaydi. Ko'p xollarda esa bu stereotiplar insonning shaxsiy dunyoqarashidan boshqa tasdiqga ega emas.

Nega stereotiplar yomon?
Stereotiplar bizni boshqa odamlardan nafratlanishga, ularni kamsitishga yoki ularga qanday yashash kerakligni uqtirishimizga undaydi. Nafaqat boshqa odamlar xatto o'z oila azolarimizga nisbatan ham adolatsizlik qilishga majbur qiladi (ayollar faqat uyda o'tirishi kerak, qiz bola o'qib olim bo'larmidi, farzandning kelajagini ota-ona hal qilishi kerak).

Stereotiplarni qanday aniqlaymiz?
Sizda o'rinli savol tug'ilishi mumkin, qanday qilib masalan chindan ham yomonlikni va stereotipni farqlashimiz mumkin? Buning yo'li bor: biror narsa sizning nafratingizni qo'zg'asa, o'zingizga nega bu narsa mening nafratimni qo'zg'ayabdi deb savol bering. Shundan so'ng qanday javob berayotganingizga e'tibor bering, agar javoblaringiz quyidagilarga mos kelsa, demak sizdagi nafrat aslida jamiyat tomonidan miyangizga quyilgan stereotipdir:
1. Javob bera olmayabsiz, shunchaki yomon ko'rasiz. Nafratingizni argumentlar bilan ifodalay olmaysiz (menga shunchaki bu narsa yoqmaydi, axir men o'zim hal qilamanku menga nima yoqish nima yoqmasligini?).
2. Argumentlaringiz shaxsiy fikringizdan boshqa narsa emas, ya'ni ilmiy tarafdan tasdiqini topmagan (men shunday deb hisoblayman, har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega) va reallikka to'g'ri kelmaydi.
3. Argumentlaringiz boshqa bir odamning gaplaridan boshqa narsa emas (chunki qo'shnim shunaqa degan, bilasanmi u juda boy va ko'p narsani biladi)
4. Chunki yoshligimizdan bu narsa yomon deb o'rgatilgan (ota bobolarimiz bu ishlarni qoralagan, bu bizning mentalitetga to'g'ri kelmaydi).

Albatta buni aniqlash oson emas, bularni aniqlay olish va analiz qilish uchun insonda mantiqiy fikrlash rivojlangan bo'lishi zarur. Mantiqiy fikrlashning birinchi qadami esa, har bir bilgan va ishongan narsangizni shubha ostiga qo'ya olishdir.

Fikrlashdan to'xtamang. Dunyoni o'zgartirishni o'zimizdan boshlaylik.
@ratsional