Get Mystery Box with random crypto!

Harakat qilish yoki jim turish Kaneman va Tverski tajribasida | Mantiq

Harakat qilish yoki jim turish

Kaneman va Tverski tajribasida odamlar A kompaniyaning aksiyalariga ega bo'lishganini tasavvur qilishgan. Ularga bu aksiyalarni B kompaniyaning aksiyalariga almashtirish imkoni bo'lgan lekin ular bunday qilishmagan. Natijada yil oxirida ular 1200$ kam foyda ko'rishgan.

Shundan so'ng ularga C kompaniyaning aksiyalari borligini va uni D kompaniyaning aksiyalariga alishtirishlarini tasavvur qilishga yordam berishgan. Natija esa yana o'sha, ular aksiyalarni alishtirib baribir 1200$ kam foyda qilishdi.

Tajribadan avval 10 odamdan 9 tasi ikkinchi holatda ko'proq afsuslanishlarini aytishgan. To'g'rida, ahir ular ham harakat qilishdi ham yutqazishdi.

Ammo tajriba hayotda hammasi boshqacha ekanini ko'rsatdi. Biz ko'proq o'zimizning harakatsizligimizdan afsuslanamiz.

Yangi ishga o'tishga bosh tortganimizdan, yangi kasb o'rganishga eringanimizdan, yangi munosabatlar boshlashga qo'rqqanimizdan va nihoyat majlisda turib o'z fikrimizni bildirmaganimizdan afsuslanamiz.

Yana shuni inobatga olish kerak-ki, harakatimiz tufayli afsuslanishimiz vaqt o'tgan sari so'nib borsa, harakatsizligimizdan afsuslanishimiz faqat kuchayadi.

Sabab juda oddiy. Avvalgi tajribamizni esga olar ekanmiz miyamiz bizga sabablar topishga urinadi. Harakat qilgan paytimiz bu sabablarni topish ancha oson. Balki hammasi zo'r bo'lmas, lekin sabablar topiladi. Lekin, hech narsa qilmasak bu usul ish bermaydi.

Unutmang, biz ko'proq sodir bo'lmagan ishlardan afsuslanamiz. Bu barcha uchun o'rinli. Shunday ekan qo'rqmang, yangi ishlarni boshlang, harakatda bo'ling.

Dam olish kuningiz yaxshi o'tsin.
@ratsional