Get Mystery Box with random crypto!

DAVLAT TEST MARKAZI

Telegram kanalining logotibi rasmiydtm_dtm_uzb — DAVLAT TEST MARKAZI D
Telegram kanalining logotibi rasmiydtm_dtm_uzb — DAVLAT TEST MARKAZI
Kanal manzili: @rasmiydtm_dtm_uzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107.76K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @reklama_dtm

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-09-18 17:30:21 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 18-sentabrga qadar davom etdi.

Mazkur muddat davomida jami 5 121 nafar talabgordan 1 388 nafari ishtirok etdi, 3 733 nafari esa ishtirok etmadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.5K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-09-17 11:35:06
Bu yilgi testda qatnashgan abituriyentlarning 35,8 foizi minimal o‘tish ballini ham ololmadi

Bakalavrga hujjat topshirgan 948 ming abituriyentning 892 mingi imtihonda qatnashgan. DTM ma'lumotlariga ko'ra, jami testga qatnashganlarning faqat 64,2 foizi OTMga kirish uchun tanlovda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.

Sababi qolgan 319 ming abituriyent minimal o‘tish balli – 56,7 ballni to‘play olmagan. Ular OTMlarga kirish uchun saralashda ishtirok

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.4K views08:35
Ochish/sharhlash
2021-09-17 10:47:35
Firma toʻlovidan 37%lik CHEGIRMAga orqali talaba boʻling!

Qirg‘iziston
Qozog‘iston
Tojikiston
Universitetlari talabasi boʻlish imkoniyatini qoʻlda boy bermang.

Firma toʻlovi 6mln dan 3.8mln soʻmga arzonlashdi

Ta'lim shakli:
- Kunduzgi
- Kechki
- Sirtqi
- Masofaviy

Kelasi yildan O'zbekistonda 2-kurs bo'lib o'qish imkoni albatta bor!

BAKALAVRIAT va MAGISTRATURA ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Universitetlarda siz istagan barcha yoʻnalishlar bor.

NUR STUDENT sizni orzularingiz tomon yetaklaydi.

Murojaat uchun:
+998332071500 | @nafosat_menejer
+998332061500 | @aziza_menejer
+998971411500 | @nurstudent_uz
+998990844994 | @nur_student

Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho'ponota ko'chasi 49-uy.
Moʻljal: Rayhon kafe.

Batafsil ma'lumot:
@consulting_o1
22.3K views07:47
Ochish/sharhlash
2021-09-16 15:23:09 #Qabul2021
Minimal o‘tish bali

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.2K views12:23
Ochish/sharhlash
2021-09-15 18:50:10 Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.

Mazkur muddat davomida test sinovida ishtirok etgan 5 121 nafar talabgor onlayn tarzda apellatsiya arizasi topshirdi. Jumladan:

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha - 3 759 nafar;

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha - 1 205 nafar;

Magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi bo‘yicha - 157 nafar.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 13-sentabrga qadar 3 ming nafardan ziyod abituriyentning apellatsiya arizalari ko‘rib chiqildi.

Qolgan talabgorlarning apellatsiya arizalari 17-18-sentabr kunlari talabgorlarga taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtlarda ko‘rib chiqiladi.
22.1K views15:50
Ochish/sharhlash
2021-09-15 15:57:57
Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.2K views12:57
Ochish/sharhlash
2021-09-12 13:43:58 #Qabul2021
Minimal o‘tish bali

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.
23.8K views10:43
Ochish/sharhlash
2021-09-12 10:51:35 Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi

“Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

● tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

● bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Shunga koʻra, mazkur taʼlim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
23.7K views07:51
Ochish/sharhlash
2021-09-11 13:30:10 #Qabul2021
Minimal o‘tish bali

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
23.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-09-11 12:30:09 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning beshinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 11-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish ikki smenada tashkil etildi.

Ikki smenada jami 400 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 122 nafari jarayonda ishtirok etdi, 278 nafari ishtirok etmadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
23.6K views09:30
Ochish/sharhlash