Get Mystery Box with random crypto!

Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi Oliy ta’lim | DAVLAT TEST MARKAZI

Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.

Mazkur muddat davomida test sinovida ishtirok etgan 5 121 nafar talabgor onlayn tarzda apellatsiya arizasi topshirdi. Jumladan:

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha - 3 759 nafar;

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha - 1 205 nafar;

Magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi bo‘yicha - 157 nafar.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 13-sentabrga qadar 3 ming nafardan ziyod abituriyentning apellatsiya arizalari ko‘rib chiqildi.

Qolgan talabgorlarning apellatsiya arizalari 17-18-sentabr kunlari talabgorlarga taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtlarda ko‘rib chiqiladi.