Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 Minimal o‘tish bali O‘zbekiston Respublikasi ta | DAVLAT TEST MARKAZI

#Qabul2021
Minimal o‘tish bali

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.