Get Mystery Box with random crypto!

DAVLAT TEST MARKAZI

Telegram kanalining logotibi rasmiydtm_dtm_uzb — DAVLAT TEST MARKAZI D
Telegram kanalining logotibi rasmiydtm_dtm_uzb — DAVLAT TEST MARKAZI
Kanal manzili: @rasmiydtm_dtm_uzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107.76K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @reklama_dtm

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-10-13 15:11:15 ​​ Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo‘lga qo‘ydi

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Ana shunday hamkorliklardan biri test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan.

Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

TOEFL ITP test sinovlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan har oy Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Mazkur test sinovining o‘ziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi ro‘yxatga olish yakunlangach 10 kundan so‘ng Davlat test markazida o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so‘m) tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6
21.6K views12:11
Ochish/sharhlash
2021-10-08 13:49:48 Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kerak?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi
va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
21.6K views10:49
Ochish/sharhlash
2021-10-06 11:14:19
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jasurbek Murodovich Azamov Qo‘qon davlat pedagogika institutining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Jasurbek Azamov 1983-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutida dekan lavozimida ishlagan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6
21.5K views08:14
Ochish/sharhlash
2021-09-30 14:29:06
Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!
22.1K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-09-28 16:25:17 ​​2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari oshirildi

2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib (2021-yilda 1800 ta boʻlgan), 3600 taga etkazildi.

Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta (14 ta tayanch doktoranturaga va 14 ta stajyor-tadqiqotchilikka) maqsadli kvotalar ajratildi.

Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6
22.0K views13:25
Ochish/sharhlash
2021-09-28 09:42:06 #Qonunchilik_yangiliklari

Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.
21.9K views06:42
Ochish/sharhlash
2021-09-25 14:34:56
Diniy taʼlim muassasalari muallimlari va talabalarining moddiy taʼminoti oshiriladi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Oliy hayʼatining maxsus Qarori bilan Oliy va Oʻrta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari oylik maoshlari va stipendiyalari 20 sentyabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshiriladigan boʻldi.
Hayʼat, shuningdek pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida tegishli qaror chiqardi.
Darhaqiqat, ahli ilmga koʻmak tabarruk dinimiz ahkomlaridan biri va olijanob xalqimizning azaliy odatidir.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6
22.0K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2021-09-24 06:00:07
Toshkentda 5 talabaning o‘limiga sabab bo‘lgan ijarachiga 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi

4-avgustda o‘qilgan sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 6 nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevralda Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi ijara uyda 5 talaba is gazdan zaharlanib vafot etgandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
21.9K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-09-22 12:30:18 ​​Davlat test markazining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati

Ma
’lumki, joriy yilda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imithonlar esa OTMlar tomonidan) ilk bor Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.

Unda test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.

Aslini olganda yoshlarimizning xorijdagi nufuzli OTMlarda tahsil olishi yaxshi. Lekin maqsad xorijda ta’lim olib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish emas, balki qanday qilib bo‘lsa ham 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi yaxshi holat emas, albatta.

Hozir ko‘plab konsalting firmalar tomonidan 1 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chirib berish va’da qilingan holda qo‘shni davlatlardagi OTMlarga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish taklif qilinmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga binoan barcha talabalar o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun imtihon topshirishi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish balini to‘plashi lozim.

Shu sababli, Davlat test markazi asosiy maqsadi xorijda o‘qish emas, balki 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga turli shaxslar va firmalarning 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish to‘g‘risidagi va’dalariga ishonmaslikni va o‘z bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.

Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.2K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-09-21 15:49:51 ​​Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
o'z xohishiga binoan;
o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
vafot

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/f14LRNN8-b5kNTAy
22.2K views12:49
Ochish/sharhlash