Get Mystery Box with random crypto!

Malaka toifasini olish uchun ish tajribasini ommalashtirish ta | Raqamli pedagogik xizmatlar

Malaka toifasini olish uchun ish tajribasini ommalashtirish talab qilinmaydi

#Savol:
Assalomu alaykum! Men 2020 yilda Jizzax Davlat pedagogika institutini tamomlab, shu yildan boshlab Forish tumanidagi maktablarning birida boshlang‘ich sinflarda dars berib kelyapman. 2022 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyalarda o‘z xohishimga ko‘ra navbatdan tashqari ishtirok etmoqchi edim. Lekin ilmiy bo‘lim mudirining gaplariga qaraganda, "ish tajribam ommalashtirilmaganligi" sababli ishtirok eta olmas ekanman! Shu to‘g‘rimi?

#Javob:
Nizomga 5-ilova bilan tasdiqlangan baholash mezonlarining 2-bobida "Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining pedagogik mahoratini baholash quyidagi mezonlar asosida baholanishi belgilab qo‘yilgan!

a) ochiq dars o‘tganligi;

b) o‘quvchilarning o‘quv fanidan reyting ko‘rsatkichlari;

v) taʼlim berish vositalari, shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanganligi;

g) pedagog kadrlarning o‘quv-seminarlari yoki metodik birlashmalarda metodik ishlanmalar bilan ishtirok etganligi;

d) pedagog kadrlarning professional tanlovlarda ishtirok etganligi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, malaka toifasini olish uchun o‘qituvchining ish tajribasi ommalashtirilgan bo‘lishi shart emas!

Yangi tartibga ko‘ra, ko‘rsatkichlardan bir-nechtasidan baholanmasa ham, yoki “nol” ball bilan baholansa ham o‘qituvchilar malaka sinovlari natijalariga ko‘ra istalgan toifaga ega bo‘lishlari mumkin! (0+80=80 ball oliy toifa, 2+78=80 ball oliy toifa, 4+76=80 oliy toifa va hokazo)

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |