Get Mystery Box with random crypto!

An Ordinary Man

Telegram kanalining logotibi rakhmonalievs_blog — An Ordinary Man A
Telegram kanalining logotibi rakhmonalievs_blog — An Ordinary Man
Kanal manzili: @rakhmonalievs_blog
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 557
Kanalning ta’rifi

Bo‘shliqni to‘ldirish uchun o‘qi,
Ichingni bo‘shatib olish uchun yoz.
Bloger ✍
Bookbloger📚
Bu kanalda Shaxsiy fikrlarim va sizlarga ilinishni istagan narsalarim bor...
Kerak boʻlib qolsam: @Fazliddin_Raxmonaliyev

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-24 12:17:18 Men bulutni oq deb yuribman,
Yuragingiz buncha oq ota.
Rossiyada ishlab yuribman,
Dunyo menga o'yingoh ota.

Qalaysan deb so'raysiz holim,
Har galgiday ko'nglim chog' ota,
Ko'zmunchoqlar bermasin onam,
Xudo menga ko'zmunchoq ota.

Duolariz asraydi meni,
Ko'nglim mangu yashar bog' ota,
Yolg'onlarga o'rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog' ota.

Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og'ir yashamoq ota,
O'pib yashar oyog'ingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.

@rakhmonalievs_blog
38 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 09:17
Ochish/sharhlash
2022-06-24 11:50:16 Begona yurtlarda farishta yuzni.
Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora.
Har kungidan ko'proq, har kuni sizni.
Musofir o'g'lingiz sogʻindi ona.

Ishdan kelganimda sovuq devorlar.
Go'yoki «uf» tortib tirishib chorlar.
Qo'limda qalamim, dilimda zorlar.
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona.

Qiynalaman aytmoq uchun bu so'zni.
Uyalaman yoshga bermoqqa ko'zni.
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni.
Musofir o'g'lingiz sogʻindi ona.

Taqdirda bor ekan deya yuribman.
Shu bilan o'zimni aldab turibman.
Kunda ming xil bo'lib yashab yuribman.
Musofir o'g'lingiz sog‘indi ona.

@rakhmonalievs_blog
39 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 08:50
Ochish/sharhlash
2022-06-24 07:20:37 MUSTAQILLIK AVLODI

Ey do‘stim, umring bino bo‘libdiki mute’likda yashaysan. Uyda ham, bog‘chada ham, maktabda ham, universitetda ham, ishda ham kattalar gapini ma’qullashga, shaxsiy fikringni bostirishga o‘rgatilgansan.

Hamma narsani "milliylik" degan mavhum va noaniq andozaga solib ko‘rasan. Bu "milliylik" nimaligini o‘zing ham tushunmaysan, hokimbuva nima desa shu.

Hayotda yashashdan maqsading nimaligini ham bilmaysan. Bilasan, lekin shunchaki gap xolos. Aslida e’tiqodingga teskari yashashga majbursan.

Nohaqliklarni, adolatsizlikni ko‘rib ko‘rmaganlikka olasan. Chunki unga qarshi gapirgan bilan nima foyda deysan.

Qamalganlarni ham "biror aybi bo‘lmasa qamalarmidi" deb o‘zingni aldamoqchi bo‘lasan.

"Adashganlar" degan toifa kimning talqini bo‘yicha, nimaga nisbatan adashgan deb so‘rab ham o‘tirmaysan. Davlat aka shunday dedimi tamom demak adashgan.

Axloq-odob me’yorlaring ham g‘alati, tushunib bo‘lmas, soxta kronservativ. O‘zingcha or-nomuslisan, odamlar nima deyishi seni eng ko‘p o‘ylantiradi.

To‘g‘ri, moddiy jihatdan kam bo‘lmading. O‘z uyingda, o‘z vataningda tinch yashab yuribsan. Ammo ko‘chadagi daydi itlar ham, og‘ildagi mol-qo‘ylar ham yashamoqda, hayotidan norozi emas, qorni to‘ysa bo‘ldi.

O‘tgan 25 yilni mum tishlab o‘tkazding, yana 25 yil sukut saqlash, bo‘yin egib o‘tish qiyin bo‘lmasa kerak. Hayotga kelib, o‘zligingni ro‘yobga chiqarmay, totalitar va avtoritar jamiyatda qumursqadek yashab o‘tib ketishga rozisan, bundan boshqacha bo‘lishini tasavvur qilolmaysan.

Mayli, o‘kinma, o‘ksinma, nahorgi osh, choyxonadagi ulfatchilik, GM shaldir aravasi, Akfa romlar o‘rnatilgan uying, artel jihozlaring boshqa hamma yo‘qotishlaring uchun kompensasiya bo‘la oladi.

Ba’zilarga o‘xshab vatangado emassan, shunga shukr qilib yashayver.

- Fayziddin Mo‘min
40 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 04:20
Ochish/sharhlash
2022-06-23 23:34:44 Vaziyatni toʻgʻrilashibdi. Albatta bu yaxshi. Alisher Sadullayevga tasanno. Lekin agar bu internet tarmogʻida tarqalib ketmaganda shunday qolib ketaverar edi. Xuddi avvalgi ishlatilgan noutbuk voqeasidek. Bunday holatlar birinchisi ham oxirgisi ham emas. Tepadagi mutasaddi xodimlarning qarashlari oʻzgarmas ekan, holat takrorlanaveradi.
@rakhmonalievs_blog
37 viewsFazliddin Raxmonaliyev, edited  20:34
Ochish/sharhlash
2022-06-23 20:20:09
Chimboy tumanida IT tanlovi gʻolibiga pilot mukofot sifatida berilganidan xabar topgandirsiz. Shunaqa, bizda bilim qadrlanmaydi. Bu boʻyicha subyektiv ajoyib video tayyorlabdi.

@rakhmonalievs_blog
37 viewsFazliddin Raxmonaliyev, edited  17:20
Ochish/sharhlash
2022-06-17 12:13:27 Doim shunaqa bo’lgan, bu safar ham shunday bo’lishining ehtimoli juda yuqori edi, lekin umid degan narsa baribir eng oxirgi o’ladi. Hammasi aniq bo’lmaguncha shu (noratsional) umid odamni tark etmaydi.
67 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 09:13
Ochish/sharhlash
2022-06-17 12:13:27 Erkinroq, boyroq va farovonroq mamlakat bo’lishimizga umid yana o’ldi(menda).
63 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 09:13
Ochish/sharhlash
2022-06-16 22:24:32 Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish masalasi qoʻzgʻatilgani xavotirga solyapti meni. Ishqilib qoʻrqqanim boʻlmasin. Agar bu amalga oshsa bu 15-oʻzgartirish boʻladi. 30yil ichida 14 marta oʻzgartirish kiritilgan. Bugungi kundayam amalda bo‘lgan qadimiy k…
74 viewsFazliddin Raxmonaliyev, edited  19:24
Ochish/sharhlash
2022-06-15 17:09:42
Zolim podshoh
@rakhmonalievs_blog
78 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 14:09
Ochish/sharhlash
2022-06-15 17:09:42
"Har bitta qoʻyni oʻz oyogʻidan osadi"(mi?)
@rakhmonalievs_blog
69 viewsFazliddin Raxmonaliyev, 14:09
Ochish/sharhlash