Get Mystery Box with random crypto!

Begona yurtlarda farishta yuzni. Tushda ham ko'rmadim hatto bi | An Ordinary Man

Begona yurtlarda farishta yuzni.
Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora.
Har kungidan ko'proq, har kuni sizni.
Musofir o'g'lingiz sogʻindi ona.

Ishdan kelganimda sovuq devorlar.
Go'yoki «uf» tortib tirishib chorlar.
Qo'limda qalamim, dilimda zorlar.
Musofir o'g'lingiz sog'indi ona.

Qiynalaman aytmoq uchun bu so'zni.
Uyalaman yoshga bermoqqa ko'zni.
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni.
Musofir o'g'lingiz sogʻindi ona.

Taqdirda bor ekan deya yuribman.
Shu bilan o'zimni aldab turibman.
Kunda ming xil bo'lib yashab yuribman.
Musofir o'g'lingiz sog‘indi ona.

@rakhmonalievs_blog