Get Mystery Box with random crypto!

Bugun YouTube'ga ilk video joylanganiga 18 yil bo‘ldi 2005-yi | YANGI QIZILTEPA

Bugun YouTube'ga ilk video joylanganiga 18 yil bo‘ldi

2005-yil 24-aprel kuni jawed ismli foydalanuvchi (San Diyego) YouTube'ga ilk videoni joylagan edi. Me at the zoo (Men hayvonot bog‘idaman) deb nomlanuvchi 19 soniyalik ushbu rolik bugungacha 264 mln marta ko‘rilgan.

YouTube rekordlari:

• 2005-yil noyabr oyida “Nike” kompaniyasining Ronaldinyo ishtirokidagi reklamasi ilk marta million marta ko’rilgan video bo’lgan;

• 2012-yil dekabr oyida esa PSY guruhining “Gangnam Style” klipi ilk marta milliard marta ko’rilgan video bo’ldi;

• 2022-yil yanvar oyida Pinkfong studiyasining “Baby Shark Dance” klipi ilk marta 10 milliard marta ko’rilgan video bo’ldi. Ushbu video hozirda YouTube’da eng ko’p ko’rilgan video bo’lib turibdi (12,5 mlrd).