Get Mystery Box with random crypto!

Fikrim. uz

Telegram kanalining logotibi qarashlarim_uz — Fikrim. uz F
Telegram kanalining logotibi qarashlarim_uz — Fikrim. uz
Kanal manzili: @qarashlarim_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 358
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun @Farruh570

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-30 20:56:48 Rashk shunday tuyg‘uki, uning ismini qayerdadir o‘qisang yoki eshitsang jahling chiqadi. Go‘yo uning ismi yagonadek!
84 viewsQarshiyev Farruh, edited  17:56
Ochish/sharhlash
2022-12-30 20:51:59 Ertaga yana bitta post bo‘ladi, inshaalloh. Hozir manba yig‘yapman.
82 viewsQarshiyev Farruh, 17:51
Ochish/sharhlash
2022-12-29 18:01:29 Ertaga yana bitta post bo‘ladi, inshaalloh. Hozir manba yig‘yapman.
90 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-12-29 17:56:35
Men buni kibr deb bilaman!
88 views14:56
Ochish/sharhlash
2022-12-27 11:28:22 #fikrim

KECHISH yoki KECHIRISH

Vujudimizdagi tomirlarda hayot qoni oqib turar ekan, insonlar bilan bevosita muloqotga kirishamiz. Tanishamiz, ko‘rishamiz, do‘stlashamiz. Ammo hayot yo‘limiz davomida, ba'zi insonlar bilan gina-araz ham bo‘lib turadi. Ba'zan xafa qilib qo‘yamiz, ba'zida esa ranjiymiz. Shunday insonlar borki, ular bilan yillar davomida hayotning achchiq-chuchchigini birga tortamiz, yaxshi-yomon kunda yelkadosh, sirlarda sirdosh, sinovlarda orqadosh bo‘lamiz. Ammo nimadir bo‘ladi-yu, xafalashib qolamiz.
Shu vaziyatda kechish kerakmi yoki kechirish?
Shunda ikkimizda ham ko‘pincha birinchi bo‘lib gapirish ordek tuyuladi. Bir-ikki kun siqilamiz, lekin insonmiz unutish bizning fitratimizga xos. Asta-sekin unutgandek bo‘lamiz va yangi do‘stlar topamiz. Ular bilan ma'lum vaqt birga bo‘lamiz va birinchi do‘stimiz bilan sodir bo‘lgan voqea sodir bo‘ladi. Shunda yana sobiq do‘stimizni qumsaymiz. Agar ayb bizdan o‘tgan bo‘lsa dastlab, tortinib turamiz, ammo keyin yozamiz. Salomlashamiz, uzr so‘raymiz, ozroq ko‘z- yosh (asosan qizlar) qilamiz. Lekin bularning barchasi soxtadek tuyuladi o‘zimizga. Lekin aslida ham shunday. U taraf ham bizni eshitadi, "kechirdim" deydi. "rostan" deydi lekin chin ko‘ngildan emas. Shunchaki, sizni xafa qilmaslik uchun. Xo‘sh, nega unday? Chunki, munosabatlar gulzorga o‘xshaydi. Ikki tarafning bir tuproq bo‘lsa, ikkinchisi suv. Uzoq muddat suv va tuproqsiz qolgan gulzorga qancha mehr bermang, aslidek yashnamaydi. Shuning uchun munosabatlarni vaqtida asrang. Sal xafalashdingizmi, birinchi bo‘lib kechrim so‘rang. Qadringiz tushib qolmaydi. Ayb sizdan o‘tmagan bo‘lsa ham. Lekin xiyonatni kechirib bo‘lmaydi. Boshqa barcha narsalarni kechirsa bo‘ladi.

UNUTMANG! KECHIRIMNI MUNOSABATLARNI KO‘PROQ QADRLAYDIGANLAR SO‘RAYDI.


@qarashlarim_uz
133 views08:28
Ochish/sharhlash
2022-12-26 20:26:28 Ertaga bitta yaxshi post bo‘ladi, inshaalloh
118 views17:26
Ochish/sharhlash
2022-12-26 07:19:20 Yuqumlilik

Psixologiyada muloqotning uch tomoni bor:
1. Kommunakatevlik
2. Intraktevlik
3. Prepratsevlik.

Hozir mana shulardan uchinchisi haqida gaplashamiz!
Prepratsev muloqot bu siz muloqot qilayotgan insondagi ba'zi xislatlarni sizga o‘tib qolishi yoki sizdagi ba'zi jihatlarni unga o‘tib qolishidir.
Buni quyidagi misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz!

Abituriyentlik paytimda tarix fani birinchi blogim bo‘lgani uchun tarix o‘qituvchim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazar edim. Ustoz anchayin qattiqqo‘l bo‘lib darsni doimo jiddiy o‘tar, o‘quvchilar bilmay qolsa ayab o‘tirmasdi. Bu jihat esa menga yoqmasdi. Keyinchalik o‘zim ham kurs o‘ta boshladim va o‘z-o‘zidan ustozimning shu xislati menga o‘tib qoldi .

Keyinchalik, ingliz tili grammmtikasiga bir ustozga bordim. U kishi darsni doimo yaxshi kayfiyatda o‘tar, o‘quvchilar bilan qalban yaqin bo‘lardi. Ustozdagi bu xislatni ham yoqtirdim va datsalrimda shu metodikani qo‘llay boshlldim.

Qattiqqo‘llik + yumshoqlik =?

Hozirda ingliz tilidan IELTS kursiga boryapman. Bu ustozim esa o‘ta samimiy inson va doim tabassum qilib yuradilar. Shuningdek, dars boshlanishida har bir o‘quvchi bilan alohida salomlashib, dars tugaganda alohida xayrlashadi. Men ham ustozni shu xislatarini yoqtirdim va darslarimda shuni qo‘llay boshladim.

Qattiqqo‘llik + yumshoqlik+ samimiylik = ?

Nega oxirida so‘roq belgisini qo‘ydim? Chunki, haqiqiy bahoni o‘quvchi beradi.

Demoqchi bo‘lganimiz, hayotda nimani yomon ko‘rsangiz shunga yo‘liqasiz. Nimani yaxshi ko‘rsangiz shunga yetisharkansiz.Va yana qo‘shimchasiga aytishimiz mumkinki, odamlar bilan muloqot qilsangiz ularning xislatlarini yuqturasiz!
133 viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2022-12-23 21:37:17 Тақволисини танланг

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

Инстаграм ва Тик-токдан видео скачать қилиб берадиган бот
@TikTokInbot

➥ @abdulloh_domla
126 views18:37
Ochish/sharhlash
2022-12-23 21:01:32
Mening do‘stimga qo‘ygan talablarimdan biri bu bir- birimizga kitob olib berish. Shu paytgacha ko‘pchilik tanishimga kitob olib berganman. Chin ko‘ngildan. Men kitob o‘qigan insonlarni juda yaxshi ko‘raman. Kitob olib berganlarni esa undan ham yaxshi ko‘raman. Olib berganimni o‘qimaganlarga esa ortiqcha kitob haqida gapirmayman.

Bugun bir do‘stimga hazillashib: "Kitob olib bermaysanmi?" degandim, o‘ylanib o‘tirmay rozi bo‘ldi. Ishonadizlarmi, shu paytgacha faqat Yukshalishdan Rushana kitob sovg‘a qilgandi faqat qaytarish sharti bilan . Do‘stim esa chin ko‘ngildan olib berdi. Suyuntirdi, Alloh suyuntirsin. Endi nasib ta'tilda o‘qib chiqamiz.
Ha yana aytgancha, u bilan suhbat qurib kitob o‘qib chiqqandek bo‘ldim. Ko‘p narsa o‘rgandim undan. Shuncha ko‘cha aylanib rasmga ham tushmabmiz. Chunki ikkovmiz ham rasmga tushishni yomon ko‘ramiz.
121 viewsedited  18:01
Ochish/sharhlash