Get Mystery Box with random crypto!

Mening do‘stimga qo‘ygan talablarimdan biri bu bir- birimizga | Fikrim. uz

Mening do‘stimga qo‘ygan talablarimdan biri bu bir- birimizga kitob olib berish. Shu paytgacha ko‘pchilik tanishimga kitob olib berganman. Chin ko‘ngildan. Men kitob o‘qigan insonlarni juda yaxshi ko‘raman. Kitob olib berganlarni esa undan ham yaxshi ko‘raman. Olib berganimni o‘qimaganlarga esa ortiqcha kitob haqida gapirmayman.

Bugun bir do‘stimga hazillashib: "Kitob olib bermaysanmi?" degandim, o‘ylanib o‘tirmay rozi bo‘ldi. Ishonadizlarmi, shu paytgacha faqat Yukshalishdan Rushana kitob sovg‘a qilgandi faqat qaytarish sharti bilan . Do‘stim esa chin ko‘ngildan olib berdi. Suyuntirdi, Alloh suyuntirsin. Endi nasib ta'tilda o‘qib chiqamiz.
Ha yana aytgancha, u bilan suhbat qurib kitob o‘qib chiqqandek bo‘ldim. Ko‘p narsa o‘rgandim undan. Shuncha ko‘cha aylanib rasmga ham tushmabmiz. Chunki ikkovmiz ham rasmga tushishni yomon ko‘ramiz.