Get Mystery Box with random crypto!

#fikrim KECHISH yoki KECHIRISH Vujudimizdagi t | Fikrim. uz

#fikrim

KECHISH yoki KECHIRISH

Vujudimizdagi tomirlarda hayot qoni oqib turar ekan, insonlar bilan bevosita muloqotga kirishamiz. Tanishamiz, ko‘rishamiz, do‘stlashamiz. Ammo hayot yo‘limiz davomida, ba'zi insonlar bilan gina-araz ham bo‘lib turadi. Ba'zan xafa qilib qo‘yamiz, ba'zida esa ranjiymiz. Shunday insonlar borki, ular bilan yillar davomida hayotning achchiq-chuchchigini birga tortamiz, yaxshi-yomon kunda yelkadosh, sirlarda sirdosh, sinovlarda orqadosh bo‘lamiz. Ammo nimadir bo‘ladi-yu, xafalashib qolamiz.
Shu vaziyatda kechish kerakmi yoki kechirish?
Shunda ikkimizda ham ko‘pincha birinchi bo‘lib gapirish ordek tuyuladi. Bir-ikki kun siqilamiz, lekin insonmiz unutish bizning fitratimizga xos. Asta-sekin unutgandek bo‘lamiz va yangi do‘stlar topamiz. Ular bilan ma'lum vaqt birga bo‘lamiz va birinchi do‘stimiz bilan sodir bo‘lgan voqea sodir bo‘ladi. Shunda yana sobiq do‘stimizni qumsaymiz. Agar ayb bizdan o‘tgan bo‘lsa dastlab, tortinib turamiz, ammo keyin yozamiz. Salomlashamiz, uzr so‘raymiz, ozroq ko‘z- yosh (asosan qizlar) qilamiz. Lekin bularning barchasi soxtadek tuyuladi o‘zimizga. Lekin aslida ham shunday. U taraf ham bizni eshitadi, "kechirdim" deydi. "rostan" deydi lekin chin ko‘ngildan emas. Shunchaki, sizni xafa qilmaslik uchun. Xo‘sh, nega unday? Chunki, munosabatlar gulzorga o‘xshaydi. Ikki tarafning bir tuproq bo‘lsa, ikkinchisi suv. Uzoq muddat suv va tuproqsiz qolgan gulzorga qancha mehr bermang, aslidek yashnamaydi. Shuning uchun munosabatlarni vaqtida asrang. Sal xafalashdingizmi, birinchi bo‘lib kechrim so‘rang. Qadringiz tushib qolmaydi. Ayb sizdan o‘tmagan bo‘lsa ham. Lekin xiyonatni kechirib bo‘lmaydi. Boshqa barcha narsalarni kechirsa bo‘ladi.

UNUTMANG! KECHIRIMNI MUNOSABATLARNI KO‘PROQ QADRLAYDIGANLAR SO‘RAYDI.


@qarashlarim_uz