Get Mystery Box with random crypto!

Ammo haqiqat boshqacha bòlib chiqdi. U albatta bu yerdan qocha | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

Ammo haqiqat boshqacha bòlib chiqdi. U albatta bu yerdan qochadi. Saroy muhitiga, u yerdagi shaxslarga, sarkarda Johan va bahordek òzgaruvchan Gregorga òrganib qolgan bòlsada joni oģrimasligi uchun ham ketishga majbur. Kim bilsin shahzodani joniga tegsa òlib ketishi ham mumkindir? Òz jonini asrash uchun ham qochishi kerak...
Emili bir qarorga kelib xonadan sekin chiqdi. Derazadan shahzodani uy oldida ekanligini kòrib hech kim bilmaydigan orqa eshikdan chiqishga qaror qildi. Eshikdan chiqib olgach hovliqqancha bir sakrashda bòriga aylanib katta tezlikda yugurib ketdi. Chegara tomon shunchalar tez yugurdiki, ortidan hech kim kelmayotganini bilish uchun boshini ògira ham olmadi. Ammo ortidan kelgan tanish ovozni yaxshi eshitdi.
-Yaxshilikcha tòxta!
Bu shahzodaning ovozi edi. U qizga yetib olishga urinib tez yugurardi. Emili uni eshitmagandek yugurishda davom etdi.
-Bu sòngi ogohlantirish.
Emili quloq solmadi. Chegaradan òtib olsa undan qutulish ilinjida juda tez yugurdi.
-Endi òzingdan kòr.
Gregor nozikroq daraxtni bir urinishda suģurib qizga uloqtirdi. Oyoģi tagida òralashgan daraxt sabab Emili nazoratni yòqotib qattiq yumalanib ketdi. Yumalanish davomida beehtiyor odamga tuslanib qolishga ham ulgurgandi.
-Emili,- shahzoda tezda uni yoniga kelib badanini qòli bilan berkitgan qizni ustiga ortidagi yopinchiģini yechib tashladi. Sòng u tengi òtirib ģolibona jilmaydi,- Barbir mendan qocholmaysan... Uch marotabasida ham qòlga tushding, nahot taslim bòlishni istamasang?
-Barbir qochib ketaman,- Emili yopinchiq bilan tanasini yaxshilab berkitgancha alam bilan pichirladi.
-Uddalay olmaysanmi deb qòrqaman, chunki men òzimga tegishli narsadan osongina vos kechmayman,- Gregor labi chetida kulgancha qizni yana kòtarib oldi.- Jarohat olmadingmi? Yoki avval tabibni oldiga olib boraymi?
-Rahmat, yiqilish zarbi sen bergan azoblar oldida hech narsa emas ekan. Seni qiynoqlaring sabab ancha chidamli bòlib qoldim,- Emili kesatmasdan tura olmadi.
-Seni shu muomilangni juda soģingandim,- shahzoda kulgancha yurishga tushdi,- Senga ģamgin qiyofa yarashmas ekan. Doim òzingdek bòl. Òzgarma.
-Sen chindan gòrsòxtasan,- Emili labini burib pichirladi,- Yana ģirt ovsar ham. Yaqindagina shu muomilam sabab òlar ahvolga keltirganding, endi òylamay òzgarma deyishinga òlaymi? Bu bilan "seni kòp qiynash niyatim bor. Òzgarma, doim haqoratlab meni jahlimni chiqar" demoqchimisan?
-Haqorat qil demayapman, qilma ham demayapman. Shunchaki bari meyorida bòlsin, toki meni jahlim chiqmasin.
-Yana nimani buyuradilar?
-Yana qochishni ham bas qil. Barbir bundan foyda topmaysan.
-Kòramiz,- Emili past ovozda shivirlab qarshisidagi saroyga yomon kòz bilan qarab qòydi.
-Sen sabab òz saroyimga yashirincha kirishga majbur bòlayapman,- dedi Gregor yashiringan holatda soqchilar òtib ketishini kutarkan.
-Ha, nima... Asirani kòtarib kirsang ustingdan kulishlaridan qòrqayapsanmi?
-Yòq, albatta. Kimni ham haddi siģardi? Shunchaki menga asirani kòtarib yurish yarashmaydi,- Gregor saroyga yashirincha kirib olish barobarida dedi.
-Òsha asira kòylagi bòlganda òzi yurardi.
-Qochmaganida kòylagi bòlardi,- yigit ham bòsh kelishni istamadi.
-Jonidan tòydirib yubormaganingda qochmasdi.
-Haqorat qilib ģururimga tegmaganida jonidan tòydirmasdim.
-Boshidan yaxshi muomilada bòlganingda haqorat qilmasdi.
-Aqlli qiz bòlib haqiqatni avvalroq aytganida yaxshi muomilada bòlardim.
-Òsha qiz uni bòritus shahzodalar qutqarishiga ishondi. Agar ishonmaganida shuncha qiynalishni istamay boshidan haqiqatni aytardi.
-Kòrdingmi? Bariga u aybdor!- Gregor òz xonasiga yetib kelgach qizni yotoqqa joylashtirish barobarida dedi.
-Yòq! Bariga uni shòrtakkina peshonasi aybdor! Unga sendek telbaga yòliqish yozilmaganda bari yaxshi bòlardi.
-Ajoyib bahs bòldi,- shahzoda ayyorona kulgancha qiz tomon qòlini uzatdi,- Endi marhamat qilib yopinchiģimni qaytarib bersang degandim.
-Nima?- Emilini hayratdan kòz qorachiģi kattalashib ketdi,- Òylab gapirayapsanmi?