Get Mystery Box with random crypto!

-Albatta, tezroq bòl meni qirollik ishlari kutayapti. -Boshqas | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

-Albatta, tezroq bòl meni qirollik ishlari kutayapti.
-Boshqasini kiyib tursang bòlmaydimi?
-Yòq, menga aynan shu kerak!- dedi shahzoda ayyorona jilmayishda davom etib.
-...
-Yoki òzim olaymi?
-Surbet!- Emili avval kòrpaga òranib oldida yopinchiqni yigitga qarab uloqtirdi.
-Bu rahmat deganimi?- shahzoda yopinchiqni ilib qolib ortiga qistirish barobarida dedi.
-Rahmat,- Emili ataylab ingichka ovozda gapirib yuzini ģalati burishtirdi. Uni bu holatidan shahzoda òzini kulgudan bazòr tiyib qoldi.
-"Samimiy" aytgan rahmating uchun ham rahmat! Endi sen aqlli qiz bòlib shu yerda òtir..
-Iyy, menga kiyim olib kelishmaydimi?- Emili eshikka yònalgan yigitni ortidan baqirdi.
-Yòq!- Gregor kulgancha tòxtab ortiga ògrildi,- Shu holatda òtirsang qochish tugul xonadan chiqa olmaysan ham. Agar uyalmayman desang bemalol... Kechasi qaytganimdan sòngina senga kòylak berishadi. Yoqimli hordiq tilayman, qochoq xonim.
-Ablax,- Emili xonadan chiqib ketgan shahzodani ortidan asabiy baqirgancha qoldi,- Qarab tur, barbir qochib ketaman...
Qiz kòrpaga qattiqroq òranib oldida, past ovozda qòshimcha qildi:
-Kòylak topsam, albatta...

#Angel