Get Mystery Box with random crypto!

Emili chuqur hòrsinib qòyib tanish uychaga yòl oldi. Shahzoda | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

Emili chuqur hòrsinib qòyib tanish uychaga yòl oldi. Shahzoda ham uni ortidan izma-iz borardi. Marco va uni oilasi bilan yashagan shinamgina uyga kirgan qiz shoshilmay uyni har bir qarichiga kòz yugurtirdi. Hammayoq tartibli, faqat ancha chang bosib òrgimchak inlari paydo bòlgan. Emili kòzidan chiqqan yoshni artib avvalo òz xonasiga yòl oldi. Uyga monand sal kichkina bòlgan xonada bittagina yotoq, javon va kichik stol-stul bor edi xolos. Stol ustida har xil qoģozlar va kichkina haykalchalar yotardi. Emilini yuziga tabassum yugurib haykalchalardan birini qòliga oldi.
-Nima bu?- uni zimdan kuzatib turgan yigit qiziqib sòradi.
-Dòstim Marco xanjarini mohirona òynatib yoģoch bòlagidan har xil haykalchalar yasab berardi. U yasamagan hayvon haykali qolmagan.- Emili istamaygina javob berib bòri haykalini òzi bilan olgancha bu safar dòstini xonasiga yòl oldi. Qizni xonasida yolģiz qolgan Gregor haykallarni qòliga olib qiziqish bilan obdon òrgandi. Haykalchalar juda mohirlik bilan ishlanganini kòrib hayratdan qoshini uchirib qòydi. Sòng xonadan chiqib qizni oldiga yòl oldi. Emili Marconi xonasida qatorasiga terilgan xanjarlardan birini qòliga olgancha tinimsiz yiģlardi. Uni bu ahvolda kòrgan Gregor tezda uni oldida paydo bòlib baģriga tortdi.
-Tshsh... jim, yiģlama.
-Qoch... qòyib yubor meni...- Emili hiqillagancha uni òzidan uzoqlashtirishga urindi. Ammo uddalay olmadi.
-Yiģlama, senga yarashmaydi.
-Hammasi seni deb!- Emili unga kuchi yetmasligini tushunib qarshilik qilishdan tòxtadi,- Sen dòstimni òldirding. Mendan yaqinlarimni tortib olding. Sen qotilsan... Qotilsan!!!
-Jim,- yigit uni peshonasidan ohista òpib qòydi,- Endi bu gaplarni foydasi yòq. Bòlar ish bòldi.
-Hamma oliy nasablar bir gòrsizlar!- Emili tinchlanishni istamay baqirishda davom etdi,- Faqat boshqalarga azob berishni bilasizlar. Hammang òzingni fidoyidek tutasan, vaqti kelganda òz turdoshlaringni ham unutasan! Hammang shunaqasan!
Gregor uni gaplaridan xulosa qildiki qiz òz bòritus shahzodalari ularga yordam bermaganligidan alamzada. Shu sabab ham tez unutadigan, kechirishi oson qiz bu masalaga kelganda ikkilanib qolgan. Boshidan uni qutqarishlariga umid qilib kelgan qiz hammasi sarobligiga amin bòlgani sabab ham òzgarib qolgan. U hozir kuchli depressiyada. Yòqsa Emilidek gapdon va qaysar qizni bosiq va kamgapga aylanishini boshqa narsa bilan izohlab bòlmaydi.
-Notòģri òylayapsan,- Gregor qizni oldingi holatiga qaytishiga umid qilib haqiqatni aytishga qaror qildi,- Qishloqdoshlaring òlimidan sòng shahzoda Ronan bir necha bor chegaraga hujum qildi. Sal qolsa bòritus shahzodalar bilan kelishib qirolligimni yòq qilishga urinishi ham mumkin edi. Òshanda tòdaboshingni niyati amalga oshardi. Ammo men buni vaqtida oldini oldim. Ronan boshqa qurbon berishni istamay meni tinch qòydi.
Emili uni gaplarini eshitgach ham hech narsa demadi. Shunchaki shahzodani baģrida jim òtirdi. Goh-gohida yiģlagani uchun tanasi qimirlardi. Shahzosani kiyimi esa allaqachon hòl bòlib ulgurgan edi.
-Tinchlan... Òtgan ishni òylama, bugun bilan yasha,- Gregor òzicha unga dalda berishga urinib dedi.
-Yashashga qòymayapsanku,- qiz alam bilan pichirladi. Ovozi biroz òzgarganidan bilish mumkinki yiģlayvergani uchun tomoģi oģrishni boshlagan.
-Sen jahlimni chiqarmasang men senga ziyon yetkazmayman.
-Meni biroz yolģiz qoldir,- Emili boshini kòtarib yigitga iltijo bilan qaradi. Gregor biroz òylanib turib istamaygina qizni quchoģidan chiqardi. Sòng uni yuzi aralash bòyniga qòlini qòyib yuziga juda yaqindan tikilib turdi.
-Senga kòpi bilan òn daqiqa vaqt beraman. Sòng ketamiz.
Emili holsizgina bosh silkigach yigit xonadan chiqib ketdi. Qiz yana òz hayollari bilan yolģiz qoldi. Demak shahzoda Ronan biror ish qilishga uringan. Òz xalqini òylagani uchun ham vos kechganini inobatga olmaganda u turdoshlariga qayģurgan. Qanday oliyjanob shahzoda... Demak Emili qochib uni hududiga borishdan umid qilsa bòladi. Shu vaqtgacha oliy nasabli bòrituslar bizni eslamagan ham deb qochish fikridan vos kechgandi.