Get Mystery Box with random crypto!

#Ziddiyat 24-qism Qishloq O'rta asrlar. Qalin o'rmon. -Ruh | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

#Ziddiyat
24-qism
Qishloq


O'rta asrlar. Qalin o'rmon.

-Ruhsat bersangiz òzimni qiziqtirgan savolni bermoqchi edim, shahzodam,- sarkarda Johan bilan shahzoda Gregor shahzoda Karlni òz hududigacha kuzatib qòyib qaytishayotgan payt Johan jimjitlikni buzishga qaror qildi.
-Beraver,- shahzoda otini tezligini kamaytirib sarkardasiga quloq tutdi.
-Odamlar hududida qoidabuzarlik bòlayapti deb eshitgandim. Shahzoda Karl ham aynan shu masalada saroyga tashrif buyurdi. Ammo nega...
-Nega hech qanday chora kòrilmadi demoqchimisan?- Gregor labi chetida kulib qòyib uni gapini bòldi,- Agar majlisda qatnashganingda bexabar qolmasding.
-Uzr shahzodam, ammo men u payt Emilini xonamda yolģiz qoldirib sizlarni yoningizga kelayotgandim. Ammo qaysar qiz qochgach askarlarni izidan jònatishimga tòģri keldi. Qisqasi rejalar barbod bòldi.
-Shahzoda Karl odamlar hududiga askar jònatadigan, men esa mablaģ bilan taminlaydigan bòldik,- dedi Gregor Emili ismini eshitgach hòrsinib qòyib.
Johan ham uni kayfiyati yòqolganini bilib boshqa gap gapirmadi. Chunki u Emili òsha oy tòlgan kundan beri deyarli gapirmay qòyganini, bundan shahzoda ham norozi ekanligini yaxshi bilardi. Gregor juda kòp marotaba qizni gapirtirishga urindi, ammo Emili mum tishlagandek hech gapirmas, oldingi shòx va gapdon qizdan asar ham qolmagandi. Shahzoda huddi uni haqoratlariga òrganib qolgandek bu holatiga hech kònika olmasdi. Hatto Emili bilan Johanni ham gaplashtirib kòrdi. Suhbat bir nechta gap va Emilini ahvoli haqida sòralganida "yaxshiman" deyishidan uyoģiga òtmadi. Shunda ham shahzoda umidini sòndirmadi...
-Sen saroyga qaytaver,- Gregor otini tòxtatib sarkardaga yuzlandi,- Men biroz òrmonda sayr qilaman.
-Hòp, shahzodam.- Johan ortiqcha gap gapirmay uni òzini yolģiz qoldirgancha saroyga yòl oldi. Shahzoda yònalishni òzgartirib biroz vaqt ot choptirib yurdi. Sòng qandaydir shitirlagan tovush eshitib tòxtadi. Yaxshilab quloq tutib buni qadam tovushi ekanligini payqadi. Uni eshitish qobiliyatini hisobga olsak yurayotgan shaxs ancha uzoqda edi. Ammo ifori shu yergacha kelardi. Tanish iforni tuygan yigit otni katta tezlikda choptirib ketdi. Bu tezlik ham kor qilmay otdan tushib bir zumda kòzdan ģoyib bòldi. Iforni yaqindan tuya boshlagach tezlikni kamaytirib, nihoyat òsha yoqimli ifor egasini topa oldi. Emili òrmon bòylab juda sekin, huddi sayr qilgan kabi bamaylihotir yurib borardi. Buni kòrgan shahzodaning qoshlari òz-òzidan chimirildi. Tabassum qilgancha qizni ortidan huddi udek sekin yurishni boshladi.
-Qayerga otlandingiz, xonim?- Gregor kulgancha dedi. Ammo Emili hech qanday reaksiya bildirmay yurishda davom etdi,- Yòqligimdan foydalanib qochib qolmoqchi bòldingmi? Ammo bu fikr haqiqatdan yiroq, sen hatto yugurmayapsan.
Emili yana hech narsa demadi. Bundan asabiylashgan shahzoda uni yonida paydo bòlib dast kòtarib oldi. Shunda han Emili hech narsa demay mungli kòzlari bilan unga tikilgancha qoldi.
-Meni qishloqqa olib bor,- dedi u past ohangda. Shahzodani yuzida tushunib bòlmas ifoda paydo bòldi.
-Ammo u yer bòshku.
-Shunchaki kòrmoqchiman. Sen biror narsa qilib yòq qilib yubormagan bòlsang albatta.
-Havotir olma, qanday tashlab ketgan bòlsanglar shunday turibdi,- Emili gapira boshlagani shahzodaga hush yoqib uni kòtargan holatda qishloq tomon yòl oldi. Aftidan Emili avvaldan shu yerga kelishni rejalashtirgan. Qochmoqchi bòlganda chegaraga yaqin hududdan yurgan bòlardi.
-Yetib keldik,- Gregor huvullab qolgan qishloq qarshisida tòxtab qizga yuzlandi. Emili qishloqdan kòz uzmagan holatda pastga tushmoqchi bòldi. Ammo yigit huddi uni qòyib yuborishni istamagandek mahkam ushlab turgani bois buni uddalay olmadi.
-Qochmayman,- Emili bir sòz bilan izoh berib yigitni qòli bòshashgach pastga tushdi. Tanish makonga yaqindan nazar tashlab òzini yiģidan bazòr tiyib qoldi. Yaqindagina shu yerda Marco bilan gap talashar, kichkina qizlarga kòz-quloq bòlib yurar, goh-gohida yaqin atrofdagi daraxtga chiqib olib hayol surardi. Uni hayoti shu tarzda tinch va yoqimli òtar, bir kun kelib shu holatga tushishini hayoliga ham keltira olmasdi.