Get Mystery Box with random crypto!

❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI

Telegram kanalining logotibi qalb_quvonchim — ❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI Q
Telegram kanalining logotibi qalb_quvonchim — ❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI
Kanal manzili: @qalb_quvonchim
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 187
Kanalning ta’rifi

🔮ХАЛҚАРО СЕРТИФИКАТГА ЭГА ПСИХОАНАЛИТИК
🔮ПСИХОЛОГ КОНСУЛЬТАНТ.
🔮НЕЙРОГРАФ.
🔮МОЛИЯВИЙ ТРЕНЕР
🔮ЭРКИН ИЖОДКОР ХИЛОЛА НЎЪМОНЖОН.
@RustamovaHilola
Психологга савол юбориш @Savolyuborish_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-28 06:31:34
​​Дубай асосчиси Шайх Рашиддан ўз давлатининг келажаги ҳақида сўрашганда, шундай жавоб берган экан: ''Менинг бобом туяда юрарди, отам туяда юрарди, мен "Мерседес"да юраман, ўғлим "Ленд-Ровер"да юради, неварам "Ленд-Ровер"да юради, лекин эварам туяда юради..."

Нега бундай?!

Оғир пайтлар кучли кишиларни, кучли кишилар енгил пайтларни пайдо қилади. Енгил дамлар кучсиз одамларни, кучсиз одамлар оғир пайтларни пайдо қилади.

Текинхўрларни эмас, ҳаракатчанларни тарбиялаш керак.

P.s: Айтишларича, ота-оналар меҳнатда пул топиб, болалар роҳатда фақат сарфласалар, неваралар садақа сўрашга мажбур бўларкан...

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
103 viewsХилола Нўъмонжон, 03:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:10:00 #affirmatsiyalar

Farovonlik affirmatsiyalari!

Men umrim bo‘yi olgan pullarim uchun Allohga shukronalik keltiraman!

Men pullar haqida o‘ylashim bilan ular mening hayotimga kirib keladi!

Men pullar uchun kuchli magnitman!

Plastik kartamga har kuni katta summadagi pullar tushayapti!

Men oyiga 10 million daromad olaman!

Men boylikka, ko‘p pullarga loyiqman!

Hayotimga pullar oson, yengil, xalol yo‘llar bilan erkin kirib keladi!

Men qancha pul hohlasam, shuncha pul keladi!

Men pullarimni o‘zimni hursandchiligim uchun, rivojim uchun investitsiya kiritaman!


Shunchaki takrorlang va farovon hayot egasi bo‘ling!

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
186 viewsQalb quvonchim, 01:10
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:00:03
#Xayrli_tong

АССАЛАМУ АЛАЙКУМ!

Дунёдаги бир бора берилган умрингизни шундек яшаб ўтингки...

~ ота-онангиз сиздан икки дунёда рози бўлсинлар...

~ дўстларингиз сиздек дўстдан ғурурлансинлар..

~ ҳаётингиздан чиқиб кетган инсонлар унута олмасинлар...

~ ҳаётингизга кириб келган инсонлар юз ўгирмасинлар...

~ атрофингиздагилар сиз билан бахтни хис қилсинлар…

~ ёрингиз сизни севишдан тўхтамасинлар...

Барчаси ўз қўлингизда...

Марҳаматли Роббимдан:
Cўрасангиз икром қилишини,

Гуноҳ қилсангиз муҳлат беришини

Истиғфор айтсангиз мағфират қилишини сўрайман!

ХАЙРЛИ ТОНГ!

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
102 viewsQalb quvonchim, 01:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:00:06
#Xayrli_tun

Насиб бўлмас нарсани Аллох хаёл қилдирмас!

Буюк орзулар қилинг, орзуларингиз реаллик томон қанот қоқсин!

Ойдин оқшомингиз оппоқ тонгга улансин!

Ширин тушлар кўриб, ором олинг қалбдошим!

@PsixologHilola_Olmaliq
@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
106 viewsQalb quvonchim, 17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:00:05 #JAVOBLAR

. Yashil eshik ortidagi xona - bu sizning bolaligingiz. Agar siz u erda o'zingizni qulay his qilgan bo'lsangiz, demak, sizning bolaligingiz beparvo bo'lgan. Siz shu yerda qolishni xohlaysizmi? Sizda yetarlicha parvarish bo'lmagan. Vujudga keladigan yoqimsiz fikrlar va hissiyotlar - bu kattalarga ta'sir qiladigan bolalik muammolari.

. Moviy eshik ortidagi xona hozirgi paytda ruhiy holat haqida so'zlaydi. Sizning his-tuyg'ularingiz hozirgi paytda o'zingizni qanday his qilayotganingizni ko'rsatadi. Agar xona tartibli bo'lsa, demak siz yig'ilgan, uyushgan odamsiz. Noqulay his qilish o'zgarish istagidan dalolat beradi.

. Qizil eshik va uning orqasidagi bo'shliq qarama qarshi jins vakillari va muhabbat munosabatlarni ramziy ma'noda anglatadi. Agar xona keng bo'lsa, unda siz kuchli romantik tuyg'ularga moyil bo'lasiz. Kichik bo'lsa sizning cheklangan va uyatchan odam ekanligingizni aytadi. Zulmat, munosabatlar sizni qo'rqitishini anglatadi, ehtimol siz muhabbat umidsizligini boshdan kechirgansiz.

Qora eshik ortidagi bo'sh joy sizning ish va biznesga bo'lgan munosabatingizdir. Agar sizga qulay bo'lsangiz, demak siz o'zingizni professional sifatida tanitgansiz va sizning o'z o'rningizdasiz. Bu yerda qo'rquv yoki xavotirni boshdan kechirdingizmi? Ehtimol, sizda ish bilan bog'liq muammolar mavjud.


@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
107 viewsQalb quvonchim, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:00:08
#PSIXOLOGIK_TEST

𝗤𝗮𝘆𝘀𝗶 𝗲𝘀𝗵𝗶𝗸𝗻𝗶 𝘁𝗮𝗻𝗹𝗮𝘆𝘀𝗶𝘇?

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
122 viewsQalb quvonchim, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:14:00
#Психолог_маслаҳати

Ҳаётий энергия – бу сизнинг руҳий ҳолатингизни белгилаб берувчи кучдир.

Агар сизда ғайрат-шижоат тўлиб турган бўлса, ҳаётий қувватингиз жуда юқори демак.

Агар сиз ҳеч бир иштиёқсиз, ҳамма нарсага бефарқ яшаётган бўлсангиз – унда ҳаётий қувватингиз ўта тушиб кетган.

Ҳаётий қувват жўш уриб турган тана ўзини жуда тетик ва енгил ҳис этади.

Кучли севинч ҳисси ҳаётий қувват оқимини кучайтириб беради.

Мисол учун, сиз узоқ пайт кўрмаган қадрдонингиз шаҳарга келаётганини эшитиб қолдингиз. Уни кутиб олгани бораётганда қувончдан босган қадамингиз вазнини ҳам ҳис этмайсиз

Бажараётган ишингиз сиз учун ёқимли бўлганда ҳам ҳаётий қувватингиз ошади.

Ижобий энергияга тўла одамлар даврасида бўлиш ҳам ҳаётий қувватингизни кўпайишига олиб келади.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
123 viewsQalb quvonchim, 09:14
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:09:00
O'ZIGA BO'LGAN BAHO HAQIDA

1. Agar inson oʻzidan koʻra boshqalarni koʻproq yaxshi koʻrsa oxir oqibatda uning nafratiga uchraydi.

2. Agar inson oʻzidan koʻra boshqasini koʻproq hurmat qilsa vaqti kelib oʻsha inson tomonidan haqoratlanadi.

3. Agar siz biror bir insonni oʻzingizdan koʻra qadrlasangiz aynan u tomonidan kamsitilasiz.

4. Inson oʻziga nisbatan nimaga yoʻl qoʻysa shuni oladi.

5. Oʻzini qadrlaydigan insonlar boshqalarni ham kerakli darajada qadrlay oladi.

6. Oʻzini hurmat qila oladigan odam boshqalarning ham hurmatini joyiga qoʻya oladi.

7. Oʻzini yaxshi koʻradigan odam boshqalarni ham shu darajada yaxshi koʻradi.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
120 viewsQalb quvonchim, 04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-27 04:10:00 #affirmatsiyalar

Men mukammalman!

Men o'zimni hurmat qilaman!

Men hayotimda qilgan har bir ishim uchun o'zimni maqtayman!

Men o'z ijodimni namoyish etishda muvaffaqiyat qozonmoqdaman!

Mening vazifam - ijod qilish va yaratish!

Mening ongim yangi g'oyalarga ochiq!

Men hayotimda uyg'unlik va muvaffaqiyat yarataman!

Men o'z baxtimning yaratuvchisiman!

Men hozir va shu yerda yashayman!

Mening kuchim o'zimni anglashim va o'zimni namoyon qilishimda!

Mening kuchim hayotning barcha sovg'alarini qabul qilishga tayyorligimda!

Men hayotimni o‘zim boshqaraman!

Men boshqalar bilan o‘zimni solishtirmayman! O‘zimni sevaman va qadrlayman!

Shunchaki takrorlang! O‘zingizni boringizcha qabul qiling va shartsiz seving! Siz bunga arziysiz!

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
115 viewsQalb quvonchim, 01:10
Ochish/sharhlash
2022-08-27 04:00:00
#Xayrli_tong

​ Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

Аллоҳдан сиз учун дунёдаги энг яхши нарса - АЛЛОҲНИНГ МУҲАББАТИНИ;

Жаннатдаги энг олий неъмат - АЛЛОҲНИНГ ЖАМОЛИНИ КЎРИШНИ;

Энг яхши мукофот - ПАЙМҒАМБАР АЛАЙҲИССАЛОМ БИЛАН ЖАННАТДА ЖАМЛАШИНИ
сўрайман!

Тани сиҳатлик, офият, бахт - саодат, омад, ҳалол даромад сиздан асло айрилмасин! Кунингиз хайрли ўтсин!

Яна бир тонг отди!
Нур таралди ҳар томон!
Хайр, баракот ва раҳматлар..
Бизга ёғилсин, ҳар он!

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
194 viewsQalb quvonchim, 01:00
Ochish/sharhlash