Get Mystery Box with random crypto!

❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI

Telegram kanalining logotibi qalb_quvonchim — ❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI Q
Telegram kanalining logotibi qalb_quvonchim — ❤QALB QUVONCHIM ❤| AYOLLAR PSIXOLOGIYA KLUBI
Kanal manzili: @qalb_quvonchim
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 187
Kanalning ta’rifi

🔮ХАЛҚАРО СЕРТИФИКАТГА ЭГА ПСИХОАНАЛИТИК
🔮ПСИХОЛОГ КОНСУЛЬТАНТ.
🔮НЕЙРОГРАФ.
🔮МОЛИЯВИЙ ТРЕНЕР
🔮ЭРКИН ИЖОДКОР ХИЛОЛА НЎЪМОНЖОН.
@RustamovaHilola
Психологга савол юбориш @Savolyuborish_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-29 16:00:08
#PSIXOLOGIK_TEST

Belgilardan birini tanlang va ular siz haqingizda nima deyishini bilib oling

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
39 viewsQalb quvonchim, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:15:00 ‌ #тарбия

OTA-ONA JANJALINING BOLA ONGIGA TA'SIRI

«Go'shtsiz uy bo‘lsa bordirki,urushsiz uy yo'q». Xalqimizning bu hikmati asossiz emas. Ammo oilaviy mojarolar ham turlicha bo'ladi: kimlardir darrov yarashib ketadi, boshqalar esa haftalab arazlashib, bir-birining nohaqligini isbotlash yo'lida hamma narsani, hatto farzandlarining shodligu xotirjamligini ham qurbon qilib yuboradi. Shundaylar haqida gaplashamiz.

OILAVIY MOJAROMI Yo MOJAROLI OILA?
Oilada barqarorlikni, osoyishtalikni yaratish va saqlab qolish oson ish emas. Ba'zilar kunda urushsa ham, uzoq yillar yonma-yon yashab yuraverishadi. Boshqalar esa tinchgina yashayotgandek tuyulsa-da, bir kun ajrashib ketishadi. Nega? Chunki oilada janjallar emas, balki undan keyin chiqariladigan xulosalar va bajariladigan amallar muhimroqdir. Agar tomonlar bir-birini sevsa, tushunsa va yo'qotib qo'yishdan qo'rqsa, munosabatlarni tezroq izga tushirib yuborishga harakat qiladi (xatolarni tushunish, uzr so'rash, murosa qilish).

Oilada ziddiyatlar yuzaga kelganda, eng ko'p jabr ko'radigan tomon – farzandlar. Ayni o'rinda uch xil holat kuzatiladi:

Bola oilaviy janjallarning jimgina guvohi boladi.
Bola har ikki tomon alamini oladigan obektga aylanadi.
Kichkintoy kattalarning qo‘lida muammoni yechish uchun «kozir qarta» vazifasini bajaradi.

MISKIN GUVOH
Bolakay ma'lum yoshga yetguncha ota-onasiga psixologik jihatdan bevosita bog'liq bo'ladi. Tinch oilada o'sgan bola ruhan xotirjam, o'ziga ishongan shaxsga aylanadi. Aks holda esa, mojarolar, janjallar undagi ruhiy xotirjamlikni izdan chiqaradi, aybdorlik, vahima, o‘ziga ishonmaslik tuyg'ularining avj olishiga olib keladi. Natijada, kichkintoy janjal vaqti umuman o'zining borligini sezdirmasa-da, asosiy zarba unga tushadi.

ALAMDAN CHIQISH VOSITASI
Er-xotinning o'zaro alamlari, jahli, va hatto, dushmanligi ham bolaning boshiga yog'iladi. Otasining biron qilig'i yoki gapini eslatib yuborgan bola ona tomonidan zug'umlarga duch kelishi yoki onasining aytganini qilgani uchun otaning qahriga uchrashi mumkin. Ota-ona farzandlarining xulq-atvorini real baholay olmay qolishadi. Arzimas xatoga qattiq jazo yoki ochiqdan-ochiq «zotingga tortmay…» deb boshlanuvchi mag‘zavaday haqoratlar kutilmaganda kichkintoyning ustidan ag‘dariladi. Kattalar bolaga nisbatan serjahl, sabrsiz va toqatsiz bo'lib qoladilar. Bu esa shundoq ham o'zini baxtsiz sezayotgan go'dak uchun ortiqcha yuk, yanayam to'g'riroq aytganda, haqiqiy zulmdir. Natijada, bola o'ziga nisbatan ishonchini yo'qotadi, odamlardan qo'rqadigan, hayiqadigan va ularni yomon ko'radigan alamzada shaxsga aylanadi.

OQIBATINI KORING, ChORASINI HAM…
Ba'zida ota-ona bir-biridan noroziligini bola tarbiyalash jarayoniga bevosita ko'chiradi. Bola o'z holicha xotirjam, o'z shaxsi va individualligi bilan murosada yashashi mumkin, lekin u ota-onasining bir-birini rad etuvchi talablarini bajarishga majbur. Ona: «Men quloqsiz bolalarni yomon ko'raman!», desa, ota: «Bo'lajak erkak o'z fikriga ega bo'lishi kerak, hadeb onasining aytganini qilavermay», deydi. Har ikki holatda ham boladan norozilik, uning shaxsini qabul qilmaslik ko'rinib turibdi, lekin «yaxshi bola» bo'lish uchun talablar tamoman bir-biriga zid. Bola ota-onasining o'ziga nisbatan muomalasiga o'zicha munosabat bildirishi (gap qaytarishi, yig'lashi, isyon qilishi) mumkin, ammo ota-onasi o'rtasidagi ziddiyatga umuman ta'sir o'tkazolmaydi. Natijada, murg'ak joni bilan doimo shu ziddiyatning markazida qolaveradi. Bu ssenariy keyinchalik uning o'z oilaviy hayotiga va atrofdagilar bilan munosabatlariga ko'chadi: u na shaxsiy hayotini, na karyerasini yo'lga qo'ya olmaydigan noshud, janjalkash shaxsga aylanadi.

Ota-onalar! Janjallar o'tkinchi, ammo ulardan bolangiz ongida qoladigan iz bir umrlikdir!Kimdir o'zi uchun, yana birov bolasini deb oilasini saqlab qoladi. Lekin shu saqlab qolingan oilada kichkintoyga xotirjamlik, shodlik, baxt bera olsangizgina siz keltirayotgan qurbonliklardan ma'ni bo'ladi. Shunday emasmi?!


@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
91 viewsQalb quvonchim, 10:15
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:09:00 АСАБИЙЛАШМАЙ, ДЕСАНГИЗ…

Бўлар-бўлмасга асабийлашишдан, беҳуда ғазабланишдан сақланиш учун қуйидагиларга риоя этиш керак:

1. Кўп хасталиклар замирида асаб бузилиши ётишини унутманг.

2. Жигари, буйраги, ошқозони, юраги касал одамлар ҳаёти нотинч, асаби бузуқ бўлса, уларни даволаш жуда қийин кечишини ёдда тутинг.

3. Ҳадеб кайфияти бузилаверадиган, арзимаган нарсага ҳам жаҳли чиқаверадиган кишиларда юрак, ошқозон неврози пайдо бўлади.

4. Киши ишда ёки бегоналар олдида эмас, уйда ҳам ўзини босиши, оғир бўлиши лозим.

5. Жаҳл чиққанда томирлар қисилиб, қон босими ошади, нотўғри ура бошлайди, одам кечаси яхши ухлай олмайди, боши оғрийди.

6. Қаҳр-ғазаб, алам, қаттиқ соғинч, тушкунликка тушиш ҳам спиртли ичимликлар ичиш, тамаки, нос чекиш ёки ортиқча вазн каби омиллар сирасига киради.

7. Ҳомиладор ёки эмизикли аёл осойишта ҳаёт кечириши, асабини ташқи муҳитнинг ёмон таъсирларидан асраши лозим. Шунда боланинг асаби мустаҳкам бўлади.

8. Одоб-ахлоқ, бир-бирини тушуниш, бошқаларга нисбатан сабр-тоқатли бўлиш, ишда, кўчада дўстона муносабатларни вужудга келтириш муҳим аҳамиятга эга.

9. Аллоҳнинг Каломи Қуръони каримни, Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳадисларини доим ўқиб юринг.

10. Атроф-муҳитдаги рангларга, табиат манзараларига эътибор бериш асаб фаолиятини бир меъёрда ушлаб туради.

11. Қовурилган, ёғли, шўр, аччиқ овқатларни, қази, кабобларни меъёридан ортиқ, ҳар куни истеъмол қилиш асабийлашишга олиб боради.

12. Мева-сабзавотларни, ошкўкларни кўп истеъмол қилинг.

13. Асаб бузилганида олма ейиш, ҳидини ҳидлаш, олма чой ичиш тавсия этилади.

14. Асабийлашмаслик учун ҳар куни 2 дақиқа секин югуриш, мунтазам жисмоний меҳнат қилиш, бадантарбия билан шуғулланиш зарур.

15. Асаб тизими ишини яхшилаш, унинг мустаҳкамлигини ошириш учун В1, В2, В3 каби витаминларга бой арпа нон, қўй гўшти, пишлоқ, тухум, карам, балиқ, қовоқ, исмалоқ, олма, асал истеъмол қилиб туриш мақсадга мувофиқдир.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
126 viewsQalb quvonchim, 04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 04:10:00
#affirmatsiyalar

DUSHANBA UCHUN AFFIRMATSIYALAR!!!

Men yangi haftaga tayyorman, chunki men kuch quvvatga to‘laman!!!

Dushanba kuni meni ko'plab yangi imkoniyatlar kutmoqda!!!

Kayfiyatim a'lo darajada va men yangi narsalarni o'rganishga tayyorman!!!

Maqsadlarimga osonlik bilan erishaman, chunki dam olish kunlari ajoyib dam olaman!!!

Men dushanba kuni har bir bajargan ishimdan rohatlanaman!!!

Dushanba kunini a'lo kayfiyatda o‘tkazaman va butun hafta shunday o‘tadi!!!

Shunchaki takrorlang!!! Dushanba kunini zavqli o‘tkazing!!!

@PsixologHilola_Olmaliq
@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
94 viewsQalb quvonchim, 01:10
Ochish/sharhlash
2022-08-29 04:00:01
#Xayrli_tong

"Тонгги уйқуни тарк этганнинг ризқу рўзи фаровон бўлади. Ғафлат босиб, тонгни уйқуда ўтказган кимса бу неъматларни фақат тушида кўради."

Алишер Навоий

~ ~ ~ ~ ~ ~ ~

Ассалому алайкум меҳри уммон меҳрибонларим, қадри осмон қадрдонларим!

Бахтли тонгга соғломликда етказган буюк Роббимга Алҳамдулиллаҳ!

Файзли Душанба тонгги муборак бўлсин!

Янги ҳафта янги ютуқларга, ёқимли янгиликларга тўла бӯлсин!

Бахтли бўлишни истасангиз, энг маъқул кун -БУГУН!

Бугун бахтли яшанг, ҳаётдан завқланиб яшанг, доим табассум қилинг.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
103 viewsQalb quvonchim, 01:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:00:05
#Xayrli_tun


Ҳеч қачон сизга худди оддий инсонга қарагандай муомала қиладиган кишини яхши кўрманг.

Оскар Уайлд.

Кунингиз қандай ўтганлигидан қатъий назар шукроналик келтиринг. Биз яхши эмас деб ўйлаганимизни Аллоҳ биз учун хайрли қилгандир.

Тинч ва осуда тун қўйнида ширин тушлар кўриб яхши дам олинг севгиларим!



Бахтлилар каналидасиз
@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
93 viewsQalb quvonchim, 17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:00:05 #JAVOBLAR

1. Siz, albatta, moliyaviy mustaqillikka erishasiz. Bu faqat vaqt masalasi. Bunday odamlar mo'l-ko'l yashash uchun barcha kerakli fazilatlarga ega.

2. Daromadning keyingi darajasiga erishish uchun aql bilan ish tuting. Vaziyatni tahlil qiling va ishlashga bir necha yo'nalishlarni toping. Agar taslim bo'lmasangiz, albatta maqsadingizga erishasiz.

3. Sizda ishonch va qat'iyat etishmaydi.
Tushkunlikda pulga nisbatan salbiy munosabatda bo'lasiz, shuning uchun ham boy emassiz. Salbiy qarashlardan voz keching va sizni moliyaviy muvaffaqiyat kutmoqda.

4. Dangasalik - bu sizni boylikka olib boruvchi vosita. Siz hayotingizni yengillashtirish va iloji boricha kamroq ishlash uchun aqlli yechimlarni ishlab chiqara olasiz.

5. Muvaffaqiyatli bo'lish uchun ko'p ishlash kerak. Pul osmondan tushmaydi va siz topgan narsalar mehnatdan keladi.
Voqealar rivojini o'zgartirmang, ko'p ishlang, shunda muvaffaqiyatga erishasiz.

6. Sizning boylikka bo'lgan yo'lingiz tejamkorlik orqali. Pulni tejashni o'rganing va kelajagingizga sarmoya kiritishni boshlang. Tez orada sarmoyalar sizga katta dividendlar keltiradi.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
98 viewsQalb quvonchim, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:00:06
#PSIXOLOGIK_TEST

​Boylik testi: moliyaviy farovonlikka erishish yo'lingizni toping!

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
93 viewsQalb quvonchim, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:15:00
...Ҳаётнинг маъноси хақида саволнинг юзага келиши ўз ўзидан ҳаётнинг маъносиз эканлигини, унинг маъноси нимага хизмат қилаетганига қараб ахамиятли эканлигини англатади.

Ҳаёт ўз - ўзидан аҳамиятли.
Шундай... Ўзича юзага келгани билан қийматли

Қийматли бўлишининг бошқа шарти йўқ.

Ўзи билан уйғун бўлмаган одам тинимсиз ҳаётдан маъно ахтаради. Худди хаёт унга (ўша одамга) маъно бериши керакдай.

Ўзи билан уйғунликда (асл ўзлигини англаган) бўлган одам ҳаётдан маъно ахтармайди, унга бу савол ёт...

Б. Хеллингер

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
109 viewsQalb quvonchim, 10:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:12:00 ​#mulohaza

Нега энди юришни бошлаган кичкина болалар ҳеч чарчамайди?
Бир кунда миллион маротаба йиқилиб яна ўрнидан турса ҳам, ҳамма нарсага қизиқиб, бузиб, тўкиб, синдириб ҳамма шўхликни қилса ҳам, улар яна ҳаракатда давом этаверади?
Хўш улар энергияни қаердан олишади?

Гап шундаки уларда чарчоқ ҳақида ҳали тасаввур йўқ. Бу ҳақида ўйламайдилар. Инсон чарчаши мумкин деган фикрни тушунмайдилар.

Катталарчи?...
Уларда ақл бор инсон чарчайди, бир кунда 8 соат ухлаш керак, бир кунда 6 соат ишлаш керак каби нарсаларни одамлар ўзига қоида қилиб олади. Чунки уларда ақл пайдо бўлди. Бунинг энг ёмон томони инсон энди ўзига чегара қўя бошлайди. Буни эплолмайман, буни қила олмайман ,бу умуман мумкин эмас, амалга ошириб бўлмайди.
Агар инсоннинг ўзи онгида ўзига чегара қўймаса, у ҳеч қачон чарчамайди ҳам, тўхтамайди ҳам!

Агар энди юришни ўрганаётган гўдаклар ҳам шундай деб ўйлаганда ҳозир дунёни юришни билмайдиган катталар босиб кетган бўлар эди.
Барча нарсада ҳикмат бор!!!

P. S. Ана энди билиб олдингизми нега тез тез чарчаб қолаяпсиз? Тасаввурни ўзгартиринг бўлди.

@qalb_quvonchim
@psixolog_qalbdosh
102 viewsQalb quvonchim, 07:12
Ochish/sharhlash