Get Mystery Box with random crypto!

HAVOTIR Yelkalarni yelkaga suyab, choʻllashadi dildagi bahor | Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

HAVOTIR

Yelkalarni yelkaga suyab,
choʻllashadi dildagi bahor.
Qora shahar yorugʻlik koʻrmas
bir kaftimda bir uyum tuproq,
bir kaftimda tebranadi tor.
Iz qoldirib choʻllar yoʻliga,
ketayapmiz mudroq havotir.
Aksdagi koʻrinmas haqlar-
bu dunyoni buzishga qodir.
Siz yigʻlaysiz,
Yuraman sokin..

Bir qavmda toʻqson ming hatar.
Gʻoya orti qoyaga boshlar!
Choʻl tuslanib tunni koʻrsatar-
tun ortida eski ulfatlar.
Men ketaman,
toʻgʻri yoʻl boshlang.

Barmoqlarni solib chiroyga,
Ikki tomon toʻzgʻiyveradi.
Na jannatga bormoq istaysiz,
Na samodan izn keladi.)
..Soʻng sadoga muhtoj bogʻimiz,
Oynadagi oppoq chiroy-siz!
Men ketaman,
toʻgʻri yoʻl boshlang.
Qaysi tomon boray chiroqsiz?

Qor bosadi choʻlni va bizni,
Toʻxtaymiz! va kutamiz ozroq,
Qor tinishin yoki oʻlimni!?
Qor-hatarmas!
Lek ushlaysiz qoʻlimni..
Menga qiziq barcha qismatlar,
haqsevarning taqdiri emas.
Qulochimni ustida oq qor,
Koʻksim ichi bir dunyo havas.
Lek yelkani yelkaga suyab,
Choʻllashtirdik qorsiz bahorni.

A.Azimov