Get Mystery Box with random crypto!

Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: | Pulli Gap

Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: “Qanday qilib o‘zimni band qilsam bo‘ladi, buni manga nima foydasi bor?”

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Masalan, repetitorlar, enagalar, oshpazlar, tozalovchilar, santexniklar.

Hozirgi vaqtda 101 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash imkoniyati ham bor.

O‘zini o‘zi band qilishning qanday ijobiy tomonlari bor?

— Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati;

— Tasdiqlangan ish staji va nafaqa;

— Rasmiy daromad — bankdan kreditlar olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin bo’ladi;

— Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya;

— O’z ishiga o’zi rahbarlik qilish va qulay vaqtda ishlash va shu kabilar.

Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQ’ning “Soliq” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Jarayon 30 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Bunda cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin. Buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok