Get Mystery Box with random crypto!

Omadli bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki omadga erishadilar! Siz “ | Blog | Shokhida

Omadli bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki omadga erishadilar!

Siz “omadsiz insonman”, deb ko‘p qayg‘urasizmi? Siz uchun yaxshi yangilik: omadli bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki omadga erishadilar! O‘sha omadni qanday qilib topish va boylikka rag‘batlantirish mumkin? Ehtimol, kelishini sabr bilan kutgan ma’quldir... Yaxshiyamki, har kimning o‘z uslubi bor. Bugun sizlar bilan omadga erishganlarning 12 ta fazilati va ustunligini ko‘rib chiqamiz.

1. Omadlilar ichlaridagi “olov”ni yoqa olishadi.

Agar ko‘zlaringiz chaqnamay qo‘ygan bo‘lsa, unda siz baxtli bo‘lolmaysiz. O‘zingizni shu dunyoda toping. Qalbingizning hafsalasi nega pir bo‘lganini. Silkitish yordamida o‘zingizni “komadan chiqaring”, hayotga qayting. Ichingizda butunlay boshqacha odamni chiqaring. Xuddi reklamada aytilganidek, “Yaraqlash vaqti keldi!”.

2. Omadlilar barcha holatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rishadi.

Siz avtobusni kutib, bekatda o‘tirgancha vaqtingizni xafa bo‘lishga sarflashingiz mumkin. Yoki kitob o‘qib, chet tilini o‘rganishingiz, musiqa tinglashingiz yoki qiziqarli suhbatdosh topishingiz mumkin. Vaziyatdan samarali foydalanish juda muhim.

3. Omadlilar ko‘proq jilmayuvchi, do‘stona, xush-xandon va ochiq fe’lli bo‘lishadi.

Ularning odamlarga qo‘shilishi oson va bu ularga ko‘p imkoniyat beradi.

4. Omadli odamlar kutishmaydi

Balki o‘z baxtlarini topadilar, ularga loyiq bo‘lib, erishadilar.Ular hatto qayg‘udan ham baxtiyor bo‘la olishadi. Kimdir sizni xursand qilishini kutmang, buni faqat o‘zingiz qila olasiz.

5. Omadlilar muqarrar bo‘ron va ob-havoga qarshi turmaydilar.

Ular qiyin damlarni kamtarlik bilan kutib olishadi va o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga energiya sarflamaydilar. Ammo bo‘rondan keyin har doim quyosh paydo bo‘lib, ko‘plab imkoniyatlarni tuhfa etadi.

6. Omadli kishilarning haqiqiy maqsad va orzulari bor.

Ular hatto amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu ularni cho‘chitmaydi. Orzuning o‘zi ularni xursand qiladi. Maqsadlaringiz uchun kurashing va olg‘a yuring.

7. Omadli odamlar shikoyat qilib, nega hayotda buncha ko‘p qiyinchiliklar borligini so‘rashga vaqt sarflamaydilar.

Ular sinovlardan o‘tib, oldinga yurishadi. Qiyinchiliklar ularni kuchliroq, uddaburon va moslashuvchan qiladi.

8. Omadli odamlar o‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklarga, hasadgo‘y odamlarni qoralash va g‘iybatga e’tibor berishmaydi.

Ular o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaydi va hech qachon kimdir oldida o‘zlarini oqlamaydi.

9. Omadlilar tavakkal qilishadi va kerakli paytda imkoniyatdan foydalanishadi.

Siz ham vaziyat va imkoniyatlardan foydalaning. Imkoniyatdan foydalanish kerak bo‘lgan paytni his eting.

10. Omadlilar o‘zlarining baxt donalarini misqollab yig‘adilar.

Ular shoshilmaydilar va yuraklari har bir kichik narsa uchun hayotga minnatdorlik bildirishga tayyor: “Rahmat, rahmat, rahmat”.

11. Omadli odamlar o‘z yaqinlarini yaxshi ko‘rishadi va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi.

Yaqinlaringiz bilan muloqot qiling, yangi odamlar bilan tanishing, sizga yoqadigan qizga yuzlanib, sevgingizni tan oling, do‘st va hamfikrlarni qidiring.

12. Omadlilar tabiatda faol bo‘lishadi.

Hech narsa qilmasdan biror narsaga erishib bo‘lmaydi. Baxtga faqat osmondan moʻjiza kutmaydigan faol odamlar erishadi. Baxt va omad insonning shaxsiy xizmatidir. Siz omadga erishish uchun nima qildingiz?

xabardor.uz