Get Mystery Box with random crypto!

​​ 9-iyun - Xalqaro Do‘stlik kuni Do‘stlik va sadoqat tushun | Blog | Shokhida

​​ 9-iyun - Xalqaro Do‘stlik kuni

Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma'nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Bu ne'matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.

Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz. 

- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir. 

- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir. 

- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir. 

- Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir. 

- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir. 

- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir.

- Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa u vayrona ham, do‘st qadam qo‘ymas ersa vayronadur koshona ham.

- "Yomg‘ir”dan soyabon bo‘lmagan do‘st do‘st emas


Donishmandlardan biri aytadi: "mening ko‘zlarim uchun do‘stlarim manzarasidan-da mahbubroq narsa yo‘q. Quloqlarim uchun do‘stlarim safardan qaytgani haqidagi xushxabardan - da yaxshiroq rohat beradigan musiqa yo‘q". 

P.S: Do‘stlarsiz uylar huvillab qoladi, ha xuddi mening uyimdek(( . Ammo qalblar hali ham butun do‘stlar muhabbati ila

Shu fursatdan foydalanib do‘stlarimni bugungi kunimiz bilan tabriklamoqchiman, Sizlarni menga bergan Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin (CREW, Dilyora)
Tushungan tushundi)
Qolganini uyda davom ettiramiz)

Aytgancha, Sizlar ham do‘stlaringizni tabriklash yodingizdan chiqmasin