Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIK TAVSIYA

Telegram kanalining logotibi psixologik_tavsiya1 — PSIXOLOGIK TAVSIYA P
Telegram kanalining logotibi psixologik_tavsiya1 — PSIXOLOGIK TAVSIYA
Kanal manzili: @psixologik_tavsiya1
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

♻️Siz bu kanalda:
Ilmiy psixologiya, qiziqarli faktlar va voqealar, psixologik tavsiyalarni topishingiz mumkin.
♻️ Kanal adminstratori oliy ma'lumotga ega.
Kuzatishda davom eting:
Instagram.com/psixologiktavsiya
Murojaat: @PsyAdmin_bot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-09 16:10:04 https://vejaisso.net/uz/quiz/281157
Dostlik Chellenji
Muhayyo sizga chellenj jonatdi!
98 views Muhayyo , 13:10
Ochish/sharhlash
2022-11-08 17:59:29 ​​#fakt

Xotira haqida qiziqarli faktlar

1.
Chaqaloq ona qornida 20 haftalik bo'lganidan boshlab unda xotira shakllana boshlaydi

2.Insonlarning kasbi ularning xotirasiga ta'sir qiladi.

3.Olimlarning miyasi zo'riqib ishlashga majburligi sababli eslab qolish qobilyati yaxshi bo'ladi.

4. Asal tarkibida miyani ozuqlantiradigan va xotirani kuchaytiradigan mikrounsurlar mavjud.

5.Har kuni bir xil taom iste'mol qilish xotira ishini sekinlashtiradi.

6. Inson xotirasi 1-7 terabaytgacha axborotni saqlab turishi mumkin.

7. Inson eslab qolish jarayoni bo'yicha kulminatsion nuqtaga 19-20 yoshlarda erishadi.

Yaqinlaringizga ham ulashing

https://t.me/psixologik_tavsiya1
676 viewsPsixologik tavsiya, edited  14:59
Ochish/sharhlash
2022-11-08 08:32:19 @MoychechagiM_Sh dan
Rostan, nega shunday?

Bitta psixo-trener ning "menyusi"ni koʻrib qoldim, sizga ham ilindim, faqat men hayron qolaveramanmi, sizam birpas siqiling:
"Erga yoqish usullari",
"Jozibali boʻlish sirlari",
"Oʻynashdan oʻrganadigan jihatlarimiz",
"Erdan pul olish",
"Erni xiyonatida ayolning ayblari"

Birorta psixkursda qatnashmaganman, lekin nomiga qarab nimalar oʻrgatilishini tasavvur qilish qiyin emas, kamiga otzivlarda ayollar suyunib eridan olgan beshmingtalik bir bogʻlam pullar, qiyshiq rasmga olingan gullarni, kamiga eri bilan boʻlgan oʻta shaxsiy masalalarni ham aytib berishyapti: erim menga kulib qaradi, erim yaxshi gapiryapti, erim sevgi izhor qildi, erim men bilan gaplashib oʻtiribdi (!)

Toʻgʻrisi, juda juda achindim shu ayollarga. Millatimiz ahvoli shu darajadaki, eri sal yaxshi gap gapirib qoʻysa, ozgina pul bersa, suhbatlashsa huddi bu maqtaniladigan, oʻziga xos narsadek qarashadi ( vaholanki, bu sogʻlom oilada oddiy hol boʻlishi kerak)  Huddiki er bunga majbur emas, bu uning vazifasi emasku, bir yaxshilik qildi daaaa. Qanday ham ajoyib ish!!!
Oliy maqsadga erishildi!

Boshqa tomondan esa, ayolning zimmasiga "ideal" boʻlish masʼuliyatini yuklaymiz, u hamma narsaga ulgurishi kerak: roʻzgʻorni eplashi, erining kayfiyati, bolalar injiqligi, yetti pushtining koʻngliga qarashi, kamiga chiroyli boʻlib yurishi, ishlasa oyligini tiyinigacha uyga olib kelib berishi, g'ing deb ogʻiz ochmasligi, xoʻp boʻladi deb turishi....

Yanachi?
Bu roʻyxatni har kim xohlagancha davom ettirishi mumkin. Chunki ayolga yuklab tashlangan vazifalar shunaqa ham koʻpki...

Xoʻp, evazigachi?
Bir bogʻlam beshmingtalik pul, ozib yozib bitta buket... Bechara xotin shungayam xursand!

Erdan hech kim hech nima talab qilmaydi. Xotin uchun chiroyli boʻlib yurishi ( tepakal, qorin qoʻygan, pishshilab yuradigan 30 yoshli erkak ham xotini dunyo goʻzali boʻlishini xohlaydi, oʻzim kimman demaydi, oʻzidan ter hidi anqiydi yu xotinidan kelgan yog' hidiga burnini jiyiradi) , ehtiyojlari uchun har oy oʻzi soʻramasa ham nafaqa ajratishi, xotin ishlab topgan pul, mulkga aralashmasligi, kiyganidan kiydirishi, yeganidan yedirishi, koʻngliga qarashi, umuman ayol omonat ekanligi...
Hech biri!
Bunday hadislarga kelganda koʻpchilik koʻz yumadi.
Koʻrib koʻrmaslikka, bilib bilmaslikka oladi.
Shuning uchun ham ayollarimiz shunaqa chalapsixologlar ortidan yuguryapti.
Achinarlisi, aksariyat hijob oʻrab olgan oʻzini islomiy psixolog deb ataydiganlar ham oʻz kontentlarini faqat ayollar majburiyatlariga qarab qurishadi. Toʻgʻri-da, yotgan ilonni boshini qoʻzgʻab nima qilishadi. Ayol huquqi yu, erkak majburiyatidan gapirish nega kerak?  Teskarisi doim aktual boʻlgan!
Muammo faqat ayollardadek.
Telegram guruhga kamida 50 talab ayolni yigʻib olishadi-da "erizga unday qiling, bunday qiling, unga bu yoqadi, bunaqa yoqmaydi deb fol ochishadi.

Vaholanki, psixologiya har bir inson uchun alohida olam. Bekorga professional psixologlar alohida individual seanslar qilishmaydi. Har kimning psixikasi har xil. Birovning oilasi, his tuygʻulari bilan shunchalik ham o'ynashish mumkinmi?

Shu oʻrinda bitta jinnicha savol: Nega erkaklar xotinini olib qolish, uni yoʻqotib qoʻymaslik, xotinga yoqish uchun turli kurslarga bormaydi? Hech eshitganmisiz shunaqasini?
Yoʻq!
Nega?
Chunki bizda xotinlar arzon! Juda arzon. Butun jamiyat, hatto ayrim ayollarning oʻzi ham shu fikrda. Erkak xohlasa koʻchadan oʻnta menga oʻxshagan xotin topib olaveradi, erkaklar uchun ayol bir tiyin degan gaplarni gapirishadi. Hatto ayrim psixologlar shunday oʻrgatadi ayollarga.
Dahshat bu!
Oʻzini hurmat qilmaganni hech kim hurmat qilmaydi.

Kanalchamda oliy maʼlumotli psixolog bor (Oʻylaymanki, u ham psixologiyani biznes qilib yubormaydi kelajakda trener boʻlib) Mana siz ayting, mutaxassissiz har holda, gaplarim toʻgʻrimi yo adashyapmanmi?
https://t.me/MoychechagiM_Sh

@MoychechagiM_Sh
196 views Muhayyo , edited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-11-08 04:28:28 #kayfiyat
Assalomu aleykum va rohmatullohi. Hammaga hayrli tong !!!

Hayot har doim ham bizni rejalarimizni inobatga olavermaydi. Kechagi kun ham shunday bo'ldi. Bugun ishga bormasam ham bo'ladi deyman  o'z-o'zimga
Shu payt qo'ng'iroq bo'ladi. Vazifam doirasida yana qayergadir seminarga borish kerakmish, ertaroq aytish esidan chiqibdi. Endi men u yerga kosmik tezlikda yetib borishim kerak

Bir amallab yetib ham bordim. Spiker ingliz ekan ismi, Helen, sherigi hind bo'lsa kerak, menimcha. Men odat bo'yicha ikki soat davom etadi deb o'ylagan seminar besh kun  9:00 dan 17:00gacha ekan.
Ohhhoo bizning o'zbekoyimlar bunga ko'nmaydilar. Kechikib borganim uchun avvaliga suhbat mavzusiga tushunmadim. Keyin ma'lum bo'lishicha, ular seminar vaqtini cofe-break va tushlikni qisqartirish, bolalarini bog'chadan olish kerakligi hisobiga kamaytirishga urinayotgan ekan yonimdagi berilib gapirayotgan psixologga: "Bekorga ovora bo'lyapsiz ular o'zbek emas-ku. Enidan urib-bo'yidan urib sizga vaqtni qisqartirib bermasa kerak.

Vaqtni kamaytirish haqidagi vajlar Helenga tarjima qilib berilganda, u kulib qo'ydi. Buni rozilik alomati bo'lsa kerak deb o'yladim adashibman u seminarni roppa-rosa 17:00 da yakunlab berdi.

Shu yevropa ayollariga mazzada ular sochlarini dazmol qilmay patila-patila qilib yursa ham, mavsumga mos kiyinmasa ham hech kim ularga:"Nega fudbolka kiyib olding?"- demaydi. Aksariyati shunday odmi kiyinadi. Tirnoq ulab bo'yoq ham surtmaydi
https://t.me/psixologik_tavsiya1
76 views Muhayyo , 01:28
Ochish/sharhlash
2022-11-06 05:15:29
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh

Yangi tong muborak !!! Bugungi kuningiz omadli va mazmunli o'tishiga hamda hayotingizda yorqin lahzalarni muhrlashiga tilakdoshmiz.

Yaqinlaringizga ham ulashing

@psixologik_tavsiya1
90 views Muhayyo , 02:15
Ochish/sharhlash
2022-11-05 20:25:04 Muammoning o'zi aslida muammo emas. Bizning unga bo'lgan munosabatimiz haqiqiy muammodir.

Buni misol orqali quyidagicha tushuntiraman:

Agar siz oq rangdagi devorga yashil rangli chiroq nurini yo'naltirsangiz, yashil nurlar devorda ham aks etadi.( Buni tajribada ham sinab ko'rishingiz mumkin). Bizdagi muammolar oq devorga, bizning unga munosabatimiz esa yashil rangdagi chiroq kabidir.

Agar biz o'z muammolarimizni hal qila olishimizga ishonmasak u holda rostdan ham ularni hal qila olmaymiz.

#psycho #ps
#psy
https://www.instagram.com/p/Cj7fB7vj3Q2/?igshid=MDJmNzVkMjY=
76 views Muhayyo , 17:25
Ochish/sharhlash
2022-11-05 20:24:17 Aksariyat kasalliklarning tub ildizi asab tizimi faoliyatiga bog'liqdir.

Ushbu videorolik orqali ko'pchilik insonlarni qiziqtiradigan va ko'pchilik tomonidan beriladigan: "Asabiylashmaslik uchun nima qilish kerak?" degan savolga javob topishga harakat qilamiz.

Agar siz ham tez asabiylashsangiz tavsiyalarga ,albatta, amal qiling !!!

#psy
#psicoterapia
#ps
https://www.instagram.com/reel/Cj8Wnw8DUmp/?igshid=MDJmNzVkMjY=
70 views Muhayyo , 17:24
Ochish/sharhlash
2022-11-05 20:23:12 "Ikki chiziq" qissa

Bir donishmandning huzuriga shogirdlaridan biri kelib, donishmandning eng yaxshi ko'rgan shogirdidan ko'ra aqlliroq va kuchliroq bo'lishi uchun nima qilishi kerakligi bilan qiziqdi.

Shunda donishmand hassasi bilan qumda ikki chiziq chizib, bu chiziqlardan biri ikkinchisidan uzun bo'lishi uchun nima qilish kerakligini so'radi.

Savol berguvchi har xil yo'llar bilan birinchi chiziqni qisqartirishga tushdi. Avvaliga donishmand unga halal bermay jimgina kuzatdi, so'ngra ikkinchi chiziqni davom ettirib chiziq chizdi.

Xulosa:

Birovdan kuchliroq, aqlliroq bo'lish uchun uni kuchsizlantirishga diqqat qaratgandan ko'ra e'tiborni o'zingizga yo'naltiring !!!

Boshqalarning imkonsizligidan emas, o'z imkoniyatlaringiz va yutuqlaringiz evaziga kuchli bo'ling.

#tafakkur #tafakkurgulshani
#psycho #instagram #instagood #uzbekistan #namangan #vodiy_talantlari #andijon #fergana
https://www.instagram.com/p/CkDf9Crjiyf/?igshid=MDJmNzVkMjY=
67 views Muhayyo , 17:23
Ochish/sharhlash
2022-11-05 19:48:28 ​​Kim qanday kuladi?

Inson fe'l-atvorini nafaqat uning muomalasidan, kiyinishi, gapirishi balki kulishidan ham bilish mumkin. Har bir inson kulayotgan paytda o'ziga xos harakatlarni namoyon qiladi.

1. Og'zini qo'li bilan berkitib kuladiganlar tortinchoq va o'ziga ishonmaydigan insonlardir. Bunday kishilar o'ta kamtar bo'lib, ko'zlardan panada yurishni ma'qul ko'radi.
Tavsiya:
-o'z tabiatini ko'p tahlil qilmaslik;
-o'z-o'zini tanqid qilavermasdan erkin yashash.

2.Boshini orqaga tashlab kuladiganlar sodda va ishonuvchan, keng tabiatli odamlar bo'lib, ba'zan birovlarga yoki o'z his-tuyg'ulariga aldanib turishadi.

Tavsiya:
-ko'proq aql-idrokka tayanib ish ko'rish.

3. Kulayotganda jimjilog'ini labiga olib boradigan odamlar zebo va nazokatli bo'lishga har doim, hamma yerda rioya qiladilar. Diqqat-e'tiborda bo'lishni xush ko'radilar.

4. Og'zini ochib kuladiganlar ehtirosli odamlar safiga kiradi.

Tavsiya:
- biroz vazminroq va atrof-muhitga e'tiborliroq bo'lish;
-boshqalarni tinglashni ham o'rganish.

@psixologik_tavsiya1

Davomi bor...
115 viewsPsixologik tavsiya, edited  16:48
Ochish/sharhlash
2022-11-04 05:19:08 Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh. Juma tongi muborak!!! Ushbu kunning hayri va barakasi sizga bo'lsin aziz dindoshim.

@psixologik_tavsiya1
51 views Muhayyo , edited  02:19
Ochish/sharhlash