Get Mystery Box with random crypto!

#kayfiyat Assalomu aleykum va rohmatullohi. Hammaga hayrli to | PSIXOLOGIK TAVSIYA

#kayfiyat
Assalomu aleykum va rohmatullohi. Hammaga hayrli tong !!!

Hayot har doim ham bizni rejalarimizni inobatga olavermaydi. Kechagi kun ham shunday bo'ldi. Bugun ishga bormasam ham bo'ladi deyman  o'z-o'zimga
Shu payt qo'ng'iroq bo'ladi. Vazifam doirasida yana qayergadir seminarga borish kerakmish, ertaroq aytish esidan chiqibdi. Endi men u yerga kosmik tezlikda yetib borishim kerak

Bir amallab yetib ham bordim. Spiker ingliz ekan ismi, Helen, sherigi hind bo'lsa kerak, menimcha. Men odat bo'yicha ikki soat davom etadi deb o'ylagan seminar besh kun  9:00 dan 17:00gacha ekan.
Ohhhoo bizning o'zbekoyimlar bunga ko'nmaydilar. Kechikib borganim uchun avvaliga suhbat mavzusiga tushunmadim. Keyin ma'lum bo'lishicha, ular seminar vaqtini cofe-break va tushlikni qisqartirish, bolalarini bog'chadan olish kerakligi hisobiga kamaytirishga urinayotgan ekan yonimdagi berilib gapirayotgan psixologga: "Bekorga ovora bo'lyapsiz ular o'zbek emas-ku. Enidan urib-bo'yidan urib sizga vaqtni qisqartirib bermasa kerak.

Vaqtni kamaytirish haqidagi vajlar Helenga tarjima qilib berilganda, u kulib qo'ydi. Buni rozilik alomati bo'lsa kerak deb o'yladim adashibman u seminarni roppa-rosa 17:00 da yakunlab berdi.

Shu yevropa ayollariga mazzada ular sochlarini dazmol qilmay patila-patila qilib yursa ham, mavsumga mos kiyinmasa ham hech kim ularga:"Nega fudbolka kiyib olding?"- demaydi. Aksariyati shunday odmi kiyinadi. Tirnoq ulab bo'yoq ham surtmaydi
https://t.me/psixologik_tavsiya1