Get Mystery Box with random crypto!

OTMga ishga qaytganimga bir oy bo‘ldi. Hozir dars o‘tayotgan g | Lingvist Iroda Azimova

OTMga ishga qaytganimga bir oy bo‘ldi. Hozir dars o‘tayotgan guruhlarimning ichida bir guruh bor. Uchinchimi darsimda sezdimki, negadir shu guruhdagi darsim nisbatan oson, yengil va zavqli o‘tadi. "Auramiz mos keladi, shekilli" deb o‘yladim.

"Aura" o‘ta mavhum tushuncha, eplab tushuntirolmagan narsalarimizga ishlatsak kerak o‘zi. Shuning uchun bu javobdan miyam qoniqmay tabiiy ravishda javob qidirishda davom etgan.
Oxirgi darsda qoniqarli javob topganday bo‘ldim: u guruh bilan fikrlash tezligimiz mos tushar ekan, ya'ni aytgan gaplarimga tez reaksiya bildirishadi. Bu menga o‘zimning tabiiy tezligimda faol bo‘lish imkonini bergani uchun ham dars boshqalariga nisbatan osonroq va yengilroq kechadi.

Nima demoqchiman: biz o‘zimizning xayolparastligimiz bilan moddiy, biologik jarayonlarni mensimay, ularga aqlimiz yetmaydigan "samoviy" izohlar topishga urinamiz.
Bu bizni haqiqatdan to‘sadi va uzoqlashtiradi. Aslida ilm bilan juda ko‘p narsani tushunish mumkin.

@psixolingvist