Get Mystery Box with random crypto!

​​Katta oʻgʻlimning “Aqlvoy”ni ham ruschada koʻrish odati bor  | Lingvist Iroda Azimova

​​Katta oʻgʻlimning “Aqlvoy”ni ham ruschada koʻrish odati bor ekan. 

YouTubeʼda faqat ruscha kontent boʻlgani uchun indamasdim. Lekin oʻzbekchasi boʻla turib, ruscha koʻrgani jahlimni chiqardi. Biroz koyidim. “Ruschasi tushunarliroq-da” deb xafa boʻldi. Hayron boʻldim, sababi oʻgʻlim oʻzbek maktabiga boradi, bogʻchada 2 yilga yaqin rus guruhda oʻqiganini aytmasa, doim oʻzbek tilida muloqot qilib kelgan. Menimcha, ruschani asosan YouTubeʼda oʻrganib olgan...
Xullas, shu voqeadan keyin “Aqlvoy”ni baʼzan birgalashib koʻraman, “muayyan”, “dilozor”, “tuhfa” kabi soʻzlar chiqqanda bu nima degani deb soʻrayman. Oʻgʻlim boʻlsa, yelka qisadi. Angladimki, muammo oʻzbek tilida emas, balki tarjimonlarda. Odatda multfilmlar tarjimasi juda ham badiiy, jimjimador uslubda qilinar ekan. Jonli muloqot tilidan ancha uzoq, murakkab soʻzlar koʻp, jumlalar esa gʻaliz. Jajji qahramonlarning nutqini tinglab sizning ham ensangiz qotadi...
Bu gaplar bilan “Aqlvoy” ijodkorlarini ranjitishini sira istamayman. Aslida kanal bolalarni YouTubeʼdan oʻzbek tilidagi dasturlarga qaytara oldi. Rang-barang, qiziqarli, intellektual multfilmlar bolalarimizga juda manzur boʻlyapti. Biroq, tarjima masalasiga yanada jiddiyroq qarashsa yaxshi boʻlar edi. 

Siz "muayyan" so‘zi nimani anglatishini bilasizmi?