Get Mystery Box with random crypto!

Bu postni Artur Konan Doylning 'Sherlok Xolmsning qaytishi' as | Lingvist Iroda Azimova

Bu postni Artur Konan Doylning "Sherlok Xolmsning qaytishi" asaridagi
"Uch talaba" hikoyasini o‘qiganimda yozgan edim.

Qoyil qoldim! Ko'chirmakashlikni oriyat deb bilgan JAMIYATga!
O'qituvchi imtihon topshirig'i matnini oldindan kimdir ko'chirib olishga uringanini bilib qolib, bu voqeaning oshkor bo'lishi universitet obro'siga putur yetkazadi deb politsiyaga murojaat qilmay, detektivga aytadi.

Jinoyatga guvoh bo'lgan xizmatkor xato qilgan talabaga nasihat qiladi (hatto oliy ma'lumoti bo'lmagan xizmatkor ham talabaning pulga muhtojligini bilsa ham uni oqlamaydi va bu ishning to'g'ri emasligini tushuntiradi).

Xato qilgan talaba o'z aybiga iqror bo'lib, hali qilgan ishi oshkor bo'lmasidan oldin tavba qilib, oriyat kuchliligidan o'qishni tashlab, harbiy xizmatga ketadi.

Voqea doktor Vatson tilidan hikoya qilinar ekan, bu voqeaning asli qaysi universitetda bo'lganiga ishora qilishi mumkin bo'lgan tafsilotlar tushirib qoldiriladi, deb aytiladi. Yana ming marta QOYIL! Ko'chirishni shu darajada uyat narsa deb hisoblash... Angliya bejiz eng rivojlangan davlatlardan biri emas, deb o'yladim. Ko'chirmaslik bu halollik degani!

@psixolingvist