Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi ilmiy seminar yig‘ilishida ustozlarimiz Polivanovning ' | Lingvist Iroda Azimova

Oxirgi ilmiy seminar yig‘ilishida ustozlarimiz Polivanovning "o‘zbek tilida 6ta unli tovush bor" degan gipotezasi xato bo‘lgani va, afsuski, shu xato gipotezaga ergashilgani haqida eslab o‘tishdi.
Bu menga boshqa narsani eslatdi: 2007- yilda rus psixolingvisti Valeriy Belyanin Toshkentga kelganda uchrashgan edik. Bu olimni avvalroq ilmiy ishlari orqali tanigandim, keyin elektron manzilini topib, xat yozganman. Menga nomzodlik ishimda ko‘p qimmatlli maslahatlarini bergan edi. Yuzma yuz uchrashganimizda ismimni aytarkanman, "не Iro‘da, a Iroda" desam, hayron qarab turib, "а в чем разница?" (farqi nima?) degan edi.
Psixolingvistikada inson miyasi o‘z ona tilidagi tovushlarga ixtisoslashgan bo‘lishi aytiladi. Go‘dak tug‘ilganidan to 8 oylikkacha hamma nutq tovushlariga nisbatan miyasi reaksiya bildiradi. 8 oylikdan keyin u faqat o‘z ona tilida uchraydigan tovushlargagina e'tibor qiladigan bo‘ladi. Bir qarashda bunga ishonish qiyin, biroq bu ilmiy fakt. Avvalroq McGurk effekti haqida yozgandim.
Demak, Polivanov o‘zbek tilida unlilarni 6ta deb ajratgan ekan, ular rostdan 6 tasini qabul qila olgan bo‘lsa kerak, boshqa nozik farqlarni ona tili o‘zbek bo‘lmagan odam sifatida miyasi qabul qilmagan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim.

P. S. Kanalda e'lon qilingan har bir matn mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Undan foydalanganda muallif ko‘rsatilishi shart.

@psixolingvist