Get Mystery Box with random crypto!

Ertalab 'Subyektiv' ijodkorlari instagram hikoyasida savol ber | Lingvist Iroda Azimova

Ertalab "Subyektiv" ijodkorlari instagram hikoyasida savol berishdi: nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi?
Ya'ni shu jarayonga nisbatan nega aynan "tushmoq" fe'li ishlatiladi.
Demak, tahlil qilishga urinib ko‘ramiz. Bu mening tilshunos sifatidagi gipotezam: rasmlar dastlab va yaqin-yaqingacha qog‘ozda bo‘lgan.
Qog‘oz bilan bog‘liq harakat fotografiya paydo bo‘lgunicha yozish edi. "O‘z fikrlarini/hissiyotlarini qog‘ozga tushirdi" degan ifoda bor tilimizda.
Demak, chiqmoq emas, tushmoq so‘zining avval boshida yozish harakatiga nisbatan qo‘llanishi bu qog‘ozning pastda turgani, siyohning qog‘ozga, ya'ni pastga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bilan tushmoq/tushirmoq fe'lida ifodalash, aks ettirish ko‘chma ma'nolari shakllangan.
Shu sabab rasmga tushiladi, chiqilmaydi.

@psixolingvist