Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Telegram kanalining logotibi pmtests — Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal P
Telegram kanalining logotibi pmtests — Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
Kanal manzili: @pmtests
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 63.39K
Kanalning ta’rifi

Kanalda PREZIDENT MAKTABLARIga tayyorlanayotgan maktab o'quvchilari uchun
♦️Testlar
🔴Tanqidiy fikrlash
🔵 Maktab yangiliklari
berib boriladi.
Guruh: @pmtests_guruh
Ingliz tili testlari: @pmtests_english

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-04-18 10:57:55 Bolaga ba'zan qattiqqo'l bo'lish kelajakda BUYUK shaxslar tarbiyalanishiga sabab bo'ladi!

Buyuk tasavvuf ulamosi, ruhiy tarbiya ustozi Boyazid Bistomiy yoshligida yetim qolib, onasi qo'lida tarbiya topgan. Farzandiga cheksiz muhabbatli ona uning ilm olib kamol topishi juda muhim ekanligi yaxshi anglar edi.

Bir kuni Boyazid Bistomiyning onalari uni bir ustoz qo'liga olib borib topshirdilar va shunday dedilar: "Ustoz, bolani oldingizga oling. Ko'p uyga ruxsat bermang. Uyda fikri chalg'ib, ilmdan mahrum bo'lib qolishi mumkin."

Kunlarning birida bola onasini sog'inib, ustozdan uyga ruxsat so'radi. Berilgan topshiriqlarni yodlab bo'lgach, onasini ko'rish uchun uyga bordi. O'g'lini sog'inib turgan ona eshikning taqillashi ovozidan o'g'li kelganini tushundi. Ammo, eshikni ochmay eshik oldiga borib: "kim" deb so'radi. Bola: "Men Boyazid Bistomiyman" - deb javob berdi. Ona: "Mening ham Boyazid Bistomiy ismli o'g'lim bor edi. Uni ilm olish uchun ustozga berganman. U hozir ilm o'rganayotgan bo'lishi kerak. Sen qaysi Boyazidsan?" - dedi va eshikni ochmadi. Boyazid Bistomiy onasi uyga kiritmasligini, ilm olish hozir asosiy vazifa ekanligini tushundi va ustozining yoniga qaytib ketdi.

Onalar farzandlar kamol topishi uchun sog'inch hissidan ta'lim va tarbiya qilish vazifasi ustun turishini anglashi kerak. Shundagina yurtimizdan yana buyuk shaxslar yetishib chiqadi.

@PMTESTS
19.9K views07:57
Ochish/sharhlash
2024-04-17 18:39:40 Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun ingliz tilidan online test bo'lib o'tmoqda.

Online testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!

https://t.me/pmtests_english/5798
13.1K views15:39
Ochish/sharhlash
2024-04-16 18:00:44 Test kodi: 73166

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 73166 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
15.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-04-14 18:07:52 Test kodi: 72880

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 72880 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
13.4K views15:07
Ochish/sharhlash
2024-04-14 10:29:19 Bugun kanalimizda 66-prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testi bo'lib o'tadi

Bugun 14-aprel soat 20:00 da 2023-2024-o'quv yilidagi 66-prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun Repetitsion testlar bilan bilimingizni mustahkamlab boring!!

Barcha oldingi testlar va ularning batafsil yechimlari REPETITSION TESTLAR kanaliga tashlangan.

t.me/pmtests
12.7K views07:29
Ochish/sharhlash
2024-04-14 08:28:47
Dunyodagi notinchlik ko'lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi. Biz bu mustaqilligimiz qadriga yetyapmizmi yoki yo'qmi!?
_

Tinchlik va mustaqillikni qadriga yetish FAQATGINA bu nematlarni davomli bo'lishini ta'minlash uchun farzandlarimizga MUKAMMAL ta'lim tarbiya berish bilan bo'ladi.

Bobolarimiz ijod namunalarida farzandlar ta'limiga e'tiborsiz insonlar millatni xor bo'lishiga rozi bo'lgan xiyonatkorlarga tenglashtiriladi. Vatani va xalqi rivojini o'ylamaydigan insonlar odam o'rnida ko'rilmaydi.


Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yo'q xalq g'amiyu, din g'ami.

(A.Navoiy)


Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoqu g‘ayrat aylab lek irfon istamas,

O‘zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

O‘zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
(Hamza)


O'zgalarga xizmat aylab, o'zga yurt qilsang havas,
Jon fido qilganda ham o'zgalar hech bizdan demas.

Millating, yurting omondir, senga bordir e'tibor,
shu vatan qadriga yetgil, o'zga yurt o'g'lim demas..

Taxtda yig'lab o'tdi Bobur bu Vatan ishqi bilan,
Kimki sevmasdir vatanni, ul kishi inson emas.

Sen Vatan qadriga yetgil, hokini ko'zingga surt
yetti iqlim bog'i-rog'i bir siqim tuproqchamas!

Ka'bani ko'rganda Fozil yig'labon qildi duo:
O'zbekistondir Vatanim boshqasi darkor emas!!
(Fozil qori Yasin o'g'li)

Hozirgi tahlikali zamonda millatimiz rivoji uchun ilm olayotgan yoshlar va farzandlariga ta'lim berayotgan, vatanga muhabbatni paydo qilayotgan ota-onalar haqiqiy qahramonlardir. Ular millatni xor bo'lishini istashmaydi. Boshqalarga esa shunday xitob qilamiz:

Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida!

t.me/pmtests
13.4K viewsedited  05:28
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:18:01 Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun ingliz tilidan online test bo'lib o'tmoqda.

Online testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!

https://t.me/pmtests_english/5766
13.1K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2024-04-13 16:37:48
#tadqiqot_va_izlanish
#3_sinf_darslik

Jismoniy tarbiya o’qituvchi sinfdagi o’quvchilarni uchburchak shaklida joylashtirdi: birinchi qatorga bir nafar, ikkinchi qatorga ikki nafar, uchinchi qatorga uch nafar o’quvchi va hokazo. Keyin u o’quvchilarni kvadrat shaklida qayta joylashtirdi. Agar sinfdagi o’quvchilar soni 50 nafardan ortiq emasligi ma’lum bo’lsa, sinfda necha nafar o’quvchi bor?

Javobni bilish
13.8K viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2024-04-13 12:51:04
Mana Polya

Videoda keltirilgan polya (maydon)da MONOPOLIYAni ko'rish mumkin.

Monopoliya eng jirkanch narsa bo'lib, maydonda boshqalarni o'ynashiga qarshilik qiladi, halol raqobatni yo'qqa chiqaradi. O'zbekiston shunday maydonki, ming afsuski, unda bir qancha monopoliyalar bor, hattoki ko'p ham deyish mumkin. Ammo, bizning maydonda .....



Bizning Prezident maktablariga tayyorgarlik maydonida esa Monopoliya yo'q. Hech bir ustoz boshqalardan mutloq ustun emas, hech bir adabiyot boshqalaridan mutloq samarali emas, hammada imkoniyat teng, bu maydonda o'yinchilarning harakati asosiy hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'quvchilar va ustozlar qanchalik ko'proq mehnat qilsa, natijasi shunchalik yaxshiroq bo'ladi.

Alisher Navoiy bobomiz aytganidek,

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida ham sheri jangi,

Agar sher o’lmasa, bori palangi.


Prezident maktabiga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar bu maydonda sherdek kurasha olishi, bilim olishda musobaqa qilishi kerak. Agar sher bo'la olmasa ham yo'lbarsdek bo'lmog'i lozim.

Barcha prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

t.me/pmtests
16.0K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2024-04-13 07:40:39 31-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

Test yakunlandi!
Test kodi: 72436
Test qatnashchilari: 616 ta
Kalitlar: 1-B  2-D  3-A  4-A  5-C  6-D  7-C  8-C  9-B  10-C
14.5K views04:40
Ochish/sharhlash