Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi notinchlik ko'lami qayergacha kengayishini hech kim | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Dunyodagi notinchlik ko'lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi. Biz bu mustaqilligimiz qadriga yetyapmizmi yoki yo'qmi!?
_

Tinchlik va mustaqillikni qadriga yetish FAQATGINA bu nematlarni davomli bo'lishini ta'minlash uchun farzandlarimizga MUKAMMAL ta'lim tarbiya berish bilan bo'ladi.

Bobolarimiz ijod namunalarida farzandlar ta'limiga e'tiborsiz insonlar millatni xor bo'lishiga rozi bo'lgan xiyonatkorlarga tenglashtiriladi. Vatani va xalqi rivojini o'ylamaydigan insonlar odam o'rnida ko'rilmaydi.


Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yo'q xalq g'amiyu, din g'ami.

(A.Navoiy)


Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoqu g‘ayrat aylab lek irfon istamas,

O‘zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

O‘zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
(Hamza)


O'zgalarga xizmat aylab, o'zga yurt qilsang havas,
Jon fido qilganda ham o'zgalar hech bizdan demas.

Millating, yurting omondir, senga bordir e'tibor,
shu vatan qadriga yetgil, o'zga yurt o'g'lim demas..

Taxtda yig'lab o'tdi Bobur bu Vatan ishqi bilan,
Kimki sevmasdir vatanni, ul kishi inson emas.

Sen Vatan qadriga yetgil, hokini ko'zingga surt
yetti iqlim bog'i-rog'i bir siqim tuproqchamas!

Ka'bani ko'rganda Fozil yig'labon qildi duo:
O'zbekistondir Vatanim boshqasi darkor emas!!
(Fozil qori Yasin o'g'li)

Hozirgi tahlikali zamonda millatimiz rivoji uchun ilm olayotgan yoshlar va farzandlariga ta'lim berayotgan, vatanga muhabbatni paydo qilayotgan ota-onalar haqiqiy qahramonlardir. Ular millatni xor bo'lishini istashmaydi. Boshqalarga esa shunday xitob qilamiz:

Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida!

t.me/pmtests