Get Mystery Box with random crypto!

Bolaga ba'zan qattiqqo'l bo'lish kelajakda BUYUK shaxslar tarb | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Bolaga ba'zan qattiqqo'l bo'lish kelajakda BUYUK shaxslar tarbiyalanishiga sabab bo'ladi!

Buyuk tasavvuf ulamosi, ruhiy tarbiya ustozi Boyazid Bistomiy yoshligida yetim qolib, onasi qo'lida tarbiya topgan. Farzandiga cheksiz muhabbatli ona uning ilm olib kamol topishi juda muhim ekanligi yaxshi anglar edi.

Bir kuni Boyazid Bistomiyning onalari uni bir ustoz qo'liga olib borib topshirdilar va shunday dedilar: "Ustoz, bolani oldingizga oling. Ko'p uyga ruxsat bermang. Uyda fikri chalg'ib, ilmdan mahrum bo'lib qolishi mumkin."

Kunlarning birida bola onasini sog'inib, ustozdan uyga ruxsat so'radi. Berilgan topshiriqlarni yodlab bo'lgach, onasini ko'rish uchun uyga bordi. O'g'lini sog'inib turgan ona eshikning taqillashi ovozidan o'g'li kelganini tushundi. Ammo, eshikni ochmay eshik oldiga borib: "kim" deb so'radi. Bola: "Men Boyazid Bistomiyman" - deb javob berdi. Ona: "Mening ham Boyazid Bistomiy ismli o'g'lim bor edi. Uni ilm olish uchun ustozga berganman. U hozir ilm o'rganayotgan bo'lishi kerak. Sen qaysi Boyazidsan?" - dedi va eshikni ochmadi. Boyazid Bistomiy onasi uyga kiritmasligini, ilm olish hozir asosiy vazifa ekanligini tushundi va ustozining yoniga qaytib ketdi.

Onalar farzandlar kamol topishi uchun sog'inch hissidan ta'lim va tarbiya qilish vazifasi ustun turishini anglashi kerak. Shundagina yurtimizdan yana buyuk shaxslar yetishib chiqadi.

@PMTESTS