Get Mystery Box with random crypto!

Mana Polya Videoda keltirilgan polya (maydon)da MONOPOLIYAni | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Mana Polya

Videoda keltirilgan polya (maydon)da MONOPOLIYAni ko'rish mumkin.

Monopoliya eng jirkanch narsa bo'lib, maydonda boshqalarni o'ynashiga qarshilik qiladi, halol raqobatni yo'qqa chiqaradi. O'zbekiston shunday maydonki, ming afsuski, unda bir qancha monopoliyalar bor, hattoki ko'p ham deyish mumkin. Ammo, bizning maydonda .....



Bizning Prezident maktablariga tayyorgarlik maydonida esa Monopoliya yo'q. Hech bir ustoz boshqalardan mutloq ustun emas, hech bir adabiyot boshqalaridan mutloq samarali emas, hammada imkoniyat teng, bu maydonda o'yinchilarning harakati asosiy hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'quvchilar va ustozlar qanchalik ko'proq mehnat qilsa, natijasi shunchalik yaxshiroq bo'ladi.

Alisher Navoiy bobomiz aytganidek,

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida ham sheri jangi,

Agar sher o’lmasa, bori palangi.


Prezident maktabiga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar bu maydonda sherdek kurasha olishi, bilim olishda musobaqa qilishi kerak. Agar sher bo'la olmasa ham yo'lbarsdek bo'lmog'i lozim.

Barcha prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

t.me/pmtests